"Real" Asensio bilan 2031 yilgacha mo'ljallangan shartnoma tuzishni rejalashtirmoqda. Amaldagi kelishuv 2029 yilgacha uzaytirilgandi
26 mar 23:01
Yangiliklar


"Real" Asensio bilan 2031 yilgacha mo'ljallangan shartnoma tuzishni rejalashtirmoqda. Amaldagi kelishuv 2029 yilgacha uzaytirilgandi
"Real" Raul Asensio bilan shartnomani 6 yilga uzaytirishni rejalashtirmoqda.
Madrid klubi yaqin oylarda 22 yoshli himoyachi bilan 2031 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolamoqchi. Bu yozda sodir bo'lishi mumkin.
"Real" amaldagi shartnomani 2029 yilgacha uzaytirish imkoniyatini allaqachon faollashtirgan va undan 50 mln evro miqdoridagi tovon puli bandini olib tashlagan.
Shunga qaramay, uzoqroq muddatli shartnoma imzolash imkoniyati allaqachon muhokama qilinmoqda. Tomonlar shoshilmayapti, chunki futbolchi klubda qolishni istamoqda.
Asensio joriy mavsum La Ligada 15 ta o'yinda maydonga tushdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar