So’nggi yangiliklar

01:40Миллатлар лигаси. Австриядан 5:1, Грециядан ғалаба ва Фарер ороллари — Латвия ўйинида дуранг  1 01:12Коке "Атлетико"нинг 2014 йилги чемпионлиги ҳақида: "Ўзимни FIFA ўйинидаман деб ўйладим. Ўшанда "Барселона"да Месси, "Реал"да эса Роналду бор эди, даражани ўзингиз бир тасаввур қилиб кўринг"  1 00:50Биласизми? БАА терма жамоаси футболчиси Ўзбекистонга келса қамоққа олиниши мумкин   9 00:18БАА Тошкентга тўртта йўқотиш билан келди  5 23:21Терзич "Манчестер Юнайтед" бош мураббийига айланиши мумкин  2 22:58Миллатлар лигаси. Англия, Мальта ва Шимолий Македониядан ғалаба, Лихтенштейн — Гибралтар ўйинида нурсиз дуранг  0 22:40Балотелли А Серия клубига ўтишга яқин  0 22:12Эшитдик-да! Ўзбекистон Лаосга чартер рейсда бориб келади  5 21:59ЖЧ-2026 саралаши. БАА Тошкентга тўлиқ бизнес класслик самолётда учиб келди  8 21:26Салоҳ муддатидан олдин Миср терма жамоасидан "Ливерпуль"га қайтади. Нега?  2 20:34Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  3 20:14Ўзбекистон U-20 терма жамоаси 89-дақиқада урилган гол эвазига Аргентина билан иккинчи ўйинда дуранг қайд этди  10 20:05Миллатлар лигаси. Қозоғистон ўз майдонида Словенияга мағлуб бўлди  13 20:02Назорат учрашуви. "Локомотив" ва "Олимпик" ўзаро дуранг ўйнади  0 19:09Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулоти Остон Ўруновсиз ўтди  12

Ravshan Haydarov: "Fors-major holatiga tayyormiz" Yangiliklar

Ravshan Haydarov: "Fors-major holatiga tayyormiz"

Osiyo o'yinlaridan oldin O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Unda futbolchilar Odiljon Hamrobekov va Jaloliddin Masharipov ishtirok etishdi.

"Katta sport anjumani oldida turibmiz. Buning ichida futbol musobaqasi ham alohida o'rin tutadi. Qishda chempion bo'lganmizdan keyin har oy turli yig'inlar o'tkazdik, tayyorgarlik reja asosida olib bordik. Albatta bu davr ichida yigitlarimiz milliy terma jamoa safida ham kuchli raqiblarga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdik.

Oxirgi xorijiy yig'in Turkiyada bo'ldi. Tarkib tanlash borasida ish olib borildi. So'nggi tayyorgarlik jarayonini o'tkazib Osiyo o'yinlariga boradigan tarkibni aniqlab oldik. Jamoa musobaqaga tayyor", - Ravshan Haydarov.


"Bu yoshdagi terma jamoa Xitoydagi Osiyo chempionatida chempion bo'lgandi. Bu jamoada ekanimdan xursandman. Bu yigitlar tasodifan chempion bo'lmaganini isbotlamoqchimiz. Jamoada ichki muhit ajoyib", - deydi Jaloliddin Masharipov.

"Xitoyda chempion bo'lib yurtimizga qaytib kelganimizda xalqimiz bizni ajoyib tarzda kutib olishgandi. SHuni yana takrorlanishini istaymiz. Kuchli jamoalarga qarshi o'ynadik. Barcha yigitlar tayyor, borib chiroyli o'yin namoyish etishni maqsad qilganmiz", - deydi Odiljon Hamrobekov.


- Osiyo o'yinlariga 20 futbolchi olib boriladi. Ulardan ikki nafari darvozabon. Kimdir qizil kartochka olsa yoki jarohat olsa fors-major holatiga tayyormisizlar?
- Albatta musobaqa tashkilotchilari shunday reglament belgilashgan. Barcha jamoalar ikki nafardan darvozabon olib bormoqda. Fors-major holatlar bo'lmaydi deb umid qilamiz, mobodo bo'lib qolsa ham bunga tayyormiz. Hozir sirlarni ochmaymiz.

- Aziz G'anievning jarohati rejaga qanchalik tasir qildi?
- Albatta u muhim futbolchi edi. Ammo uning o'rnini bosa oladigan futbolchilar bor. Azizga jamoamiz nomidan sog'liq tilaymiz. Yaqin orada u Yaponiyaga boradi va jarohati borasida yakuniy malumot olinadi.

- Vetnamdagi xalqaro musobaqaga aynan Osiyo o'yinlariga boradigan tarkib ishtirok etishi kerak ekan. Nima uchun rejaga o'zgarish kiritildi?
- Bunga Superligadagi tig'iz taqvim sabab bo'ldi. CHunki agar Vetnamga asosiy tarkib borganida Superliga ham to'xtab qolardi. Keyin avgustda Osiyo o'yinlari bor. Ikki oy davomida tanaffus bo'lib qolmasligi uchun ham rejani o'zgartirdik.

- 23 yoshdan katta bo'lgan boshqa futbolchilarni ham olib ketilishi mumkinmidi?
- Albatta variantlar bor edi. Biz har bir chiziqqa ikki nafardan futbolchini olib ketishga qaror qildik. Yoshlar terma jamoasiga yoshi juda ham katta bo'lgan futbolchini qo'shish xato bo'lishi mumkin edi. Sababi yoshlar o'sha yoshi katta o'yinchiga masuliyatni yuklab qo'yishi mumkin. Bunday holatlar oldin ham bo'lgan.


- Jamoa sardori kim bo'ladi?
- Zabihillo O'rinboev, Odiljon Hamrobekov va Doston Tursunov kim maydonda bo'lsa o'sha sardor bo'ladi. Mana Jaloliddin Masharipov ham ular safiga qo'shildi.

- Hujumda yana o'sha oldingi uchlik. Sidorov har transfer oynasida jamoa o'zgartirmoqda, O'rinboev Superligada juda kam gol uradi. Faqat Abduxoliqov o'z jamoasida asosiy tarkib o'yinchisi. Sidorov va O'rinboevni boshqa hujumchi yo'qligi uchun majburan tarkibga oldingizmi?
- Tan olish kerak bu yoshda hujumchilar bizda juda kam. Qidirdik, yig'inlarda boshqalarni sinab ko'rdik. Lekin bizning talabga mos bo'lgan hujumchilarni ko'rmadik. SHu bois bu hujumchilarni olib ketayapmiz. Nasib qilsa ular ham ochilib keta olishadi.

- Xitoydagi musobaqada jamoa hujumkor o'yin ko'rsatgandi. Bu safar ham hujumkor, muxlislarga yoqadigan o'yin namoyish etishga vada bera olasizmi?
- Men faqat bitta narsaga vada bera olaman. O'yinimizdagi balansga, yani himoyadan hujumga tez o'tish va aksincha.

- Savol Odil Hamrobekovga: Qishda Osiyo chempionati bo'lib o'tdi, keyin OCHL, keyin Superliga va mana yana Osiyo o'yinlari. Tanaffussiz o'yinlar futbolchiga tasir qilmaydimi?
Odil Hamrobekov: - Professional futbolchi bunday narsaga tayyor bo'lishi kerak. Bu bizning kasbimiz. Bu narsalar bahona bo'lmaydi. SHifokorlarimiz toliqqan paytimizda bizga yordam ko'rsatishdi. SHu o'rinda ularga katta rahmat aytaman.

Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика