So’nggi yangiliklar

23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  2 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  4 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  4 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  32 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  4 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0 20:26Суперлига. "Сўғдиёна" ОКМКга 4 та гол урган оқшомда Бошкович илк бор Қосимовни мағлуб этди  45 19:50Моуриньюга АПЛдан янги вариант пайдо бўлди  3 19:19Баллак Чемпионлар Лигасининг жорий мавсумдаги асосий фаворитларини айтди  6 18:49Тармоқларда ЖЧ-2026 тўпининг суратлари айланмоқда  0 18:16"Андижон"нинг бўлажак рақиби ишончли ғалабага эришди  3 17:50Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Стоунзнинг майдонга тушиши сўроқ остида. Қолганлар ўйинга тайёр"  5 17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  14

Tarixda shu kun. Qosimov "Liverpul"ni dog'da qoldirganiga 30 yil bo'ldi Yangiliklar

Tarixda shu kun. Qosimov "Liverpul"ni dog'da qoldirganiga 30 yil bo'ldi

Bugun, 12 sentyabr - juma kuni

12 sentyabr sanasida tarixda unchalik katta va esda qolarli voqeiyliklar ro'y bermagan. Aksincha, bundan bir kun avvalgi sana 11 sentyabr kuni esa insoniyat tarixidagi eng yirik terroristik hujum ro'y bergani tufayli ko'pchilikning yodida qolib ketgan. 2001 yil 11 sentyabr tongida 19 nafar terrorchi, yo'lovchi samolyotlarini qo'lga olib, birinchi ikkita samolyot bilan Jahon savdo markazi binosiga hujum qiladi. Uchinchi samolyot esa AQSH Mudofaa vazirligi qarorgohi bo'lgan Pentagonga hujum uyushtiradi, to'rtinchi samolyot bortdagi to'z-to'polon sababli boshqaruvni yo'qotib Pensilvaniyadagi qishloqlardan biriga qulaydi. 11 sentyabrdagi hujumlar oqibatida 2977 qurbon bo'ladi va bu tarixdagi eng halokatli va yirik terror hujumi sifatida tarixga kiradi. Ushbu terroristik hujumni "Al Qoida" terrorchilar guruhi o'z bo'yniga oladi.


Qo'shma Shtatlar hukumati terror hujumiga javoban "Al Qoida" etakchisi Usama Ben Ladenni AQSH hukumatiga taqdim etish ultimatumini qo'yadi. O'sha vaqtga kelib esa, Ben Laden bir necha yillar davomida Afg'oniston hududiga yashab kelayotgan edi. AQSH hukumati Afg'oniston hukumatidagi "Tolibon"lardan Usama Ben Ladenni ekstradiciya qilish shartini qo'yadi. "Tolibon"lar rad javobini berganidan so'ng AQSH NATOdagi ittifoqchilari bilan birgalik "engilmas erkinlik" nomli harbiy operaciyasini boshlaydi, bundan maqsad xalqaro terrorizmga qarshi kurash, "Al Qoida" va "Tolibon" rejimini yo'q qilish edi.

AQSHning Afg'onistondagi harbiy operaciyasi bizning yurtimizni ham chetlab o'tmaydi. 2001 yildan boshlab 2005 yilga qadar AQSH qurolli kuchlari Qashqadaryodagi "Qarshi-Xonobod" harbiy aerodromini Afg'onistondagi operaciyalar uchun tranzit punkti sifatida foydalangan.




Endi futbol mavzusiga qaytsak, 12 sentyabr sanasi o'zbek futboli uchun muhim bir sana hisoblanadi. Sababi bundan roppa-rosa 30 yil muqaddam, 1995 yilning 12 sentyabr kuni Vladikavkazning "Alaniya" klubi UEFA kubogi doirasida uz o'yida Angliyaning "Liverpul" jamoasini qabul qiladi. Mersisaydliklar tarkibida Stiv Makmanaman, Robbi Fauler, Jeymi Rednapp va boshqa ko'plab jahon futboli yulduzlari bor edi. O'sha vaqtlarda esa "Alaniya" safida futbolimiz afsonasi Mirjalol Qosimov to'p tepayotgan edi. Aynan shu kuni, yani 30 yil avval Mirjalol Qosimov jarima zarbasi orqali "Liverpul" darvozasini ishg'ol etadi.

Vladikavkazliklar o'sha mavsumda Rossiya chempionatida etakchilik qilayotgan va chempionlik uchun asosiy davogarlardan biri va o'sha vaqtda "gegemon" hisoblangan - Romancevning "Spartak"iga asosiy raqobatchi edi. 1995 yilgi mavsum yakuniga ko'ra, "Alaniya" o'z tarixidagi yagona chempionlikni ham qo'lga kiritadi. Dunyoning eng mashhur jamoalaridan biriga qarshi bahs Shimoliy Osetiya poytaxtida misli ko'rilmagan qiziqish uyg'otadi. Muxlislarning xotiralari va internet tarmog'idagi kadrlariga nazar tashlaydigan bo'lsak, o'sha vaqtda "Alaniya"ning uy o'yinlari muxlislarsiz o'tmagan, ammo "Liverpul"ga qarshi o'yinni stadiondan turib 43 ming nafar muxlis tomosha qilgandi.


O'yinning ilk daqiqalaridanoq Gazzaev shogirdlari tashabbusni qo'lga olishadi va mehmonlar darvozasiga ketma-ket hujumlar uyushtiriladi. Uchrashuvning 20-daqiqasida esa mezbonlarning tezkor hujumi davomida "Liverpul" himoyachisi Mark Rayt raqibini qo'pollik ishlatgan holda to'xtatadi va bosh hakam jarima zarbasi belgilaydi. Chamasi 25 metrlardan yo'llangan Qosimovning "zargarona" zarbasiga na darvozabon na "jonli devor"dagi himoyachilar to'sqinlik qila olishadi. Hisob 1:0. 


Qosimovning golidan so'ng Vladikavkazliklar yana bir nechta ajoyib imkoniyatlarga ega bo'lishadi, ammo hisob o'zgarmagunicha qoladi. Shundan so'ng futboldagi eng mashhur iboralardan biri: "Sen urmasang, senga gol urishadi" yana ishga tushadi. Mehmonlarning kam sonli hujumlaridan birida Stiv Makmanaman to'p bilan maydonning chap qanotida xavfli poziciyada paydo bo'ladi. "Alaniya" darvozaboni Zaur Xapov esa zarbani bartaraf etish uchun darvozadan yugurib chiqadi va to'p va darvoza o'rtasidagi masofani qisqartiradi. Darvozabon to'pga otilayotganini sezgan Makmanaman zarba berish o'rniga, to'pni o'ngga olib qochadi va kutilmaganda nol gradusli burchakdan zarba yo'llaydi va darvozani ishg'ol etadi. Chiroyli va kutilmagan gol.

Hisob tenglashganidan keyin ham "Alaniya" raqib darvozasiga xavf solishda davom etadi. Burchak zarbalarning birida esa himoyachi Murazi Sheliya baland sakragan holda raqib darvozasiga zarba yo'llaydi, ammo to'p darvoza to'siniga tegadi. Birinchi bo'lim durang bilan yakunlanadi.

Ikkinchi bo'lim boshida Mirjalol Qosimov jarohat sababli zaxiraga olinadi va uning o'rniga Bupadeshtda dunyoga kelgan rus millatiga mansub yarim himoyachi Sergey Derkach maydonga tushadi. Uchrashuvning 52 daqiqasida Jeymi Rednapp tahminan 35-40 metr uzoqdan kuchli zarba yo'llab, tupni darvozaning o'ng burchagiga "mihlab" qo'yadi. "Alaniya" posboni Zaur Xapov zarba reakciya bildirishga ham ulgurmay qoladi. Ikkinchi bo'lim davomida mezbonlar yana bir xavfli zarbasiga ega bo'lishadi, ammo endi maydonda Qosimov yo'q edi va jarima zarbasi noaniq chiqadi. Yakunda "Liverpul" 2:1 hisobida g'alaba qozonadi. 


UEFA Kubogi-1995,

"Spartak-Alaniya" - "Liverpul 1:2

Gollar: Mirjalol Qosimov 20, Stiv Makmanaman 33, Jeymi Rednap 52.

Liverpul: 1-Jeyms, 2-Jons, 3-Harkness, 4-Bebb, 5-Rayt, 6-Ruddok,  7-Makmanaman, 8-Kollmour, 9-Tomas, 11-Rednapp, 10-Barns.

Spartak-Alaniya: 1–Xapov, 2–Pagaev, 3–Gorlukovich, 4–Shelia, 5–Djioev, 6–Tetradze 7–Tedeev, 8–Yanovskiy, 9–Qosimov, 10–Kanisshev 11–Kavelashvili.




"Liverpul" afsonasi Robbi Fauler Vladikavkaz safarini shunday yodga oladi:

"Bu kulrang beton binoli mehmonxonada qolish haqiqiy jasorat, azob-uqubat va omon qolish sari intilish. Vladikavkaz, dunyo xaritasidagi lanati teshik edi. Kechasi mehmonxonada uxlash imkonsiz edi. Biz uhlagan karavotlar burgalarga to'la edi. Shuningdek, suvaraklar tarqab ketishi uchun chiroqni o'chirmay uxlashga majbur bo'lganmiz. Faqat o'zimiz bilan olib kelgan oziq-ovqatlarni istemol qilgandik"

"Liverpul" bosh murabbiyi Roy Evans uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida shunday degandi:

"Natijadan g'oyat xursandman. Vladikavkazda juda kuchli jamoa bor ekan. To'g'risini aytsam, bu erda shunchalik mahorat bilan o'ynashlarini kutmagandim. "Spartak" bizni ancha qiyin ahvolga solib qo'yishdi. Agar himoyamiz ajoyib o'yin ko'rsatmaganida, oqibati nima bo'lishini tassavur qilish qiyin. Natijani mantiqiy deb ayta olmayman. Menimcha, bu shunchaki himoyadagi alo o'yinimiz uchun bizga sovg'a bo'ldi. Bunday o'yinlardan keyin yigitchalar chinakam erkaklarga aylanadi.

Vladikavkaz bizni iliq kutib oldi. Stadiondagi muhit, shahar aholisining ruhini aks ettiradi. Biz "Spartak"ni Liverpulda kutamiz va bu erda bizni birinchi daqiqadan to so'nggi daqiqagacha o'rab turgan mehmondo'stlik bilan javob berishga harakat qilamiz"


Valeriy Gazzaev esa alamli mag'lubiyatda darvozabonni ayblaydi:

"Bugun bizga xalqaro darajadagi tajriba etishmadi. "Spartak" darvozasiga kiritilgan ikkala gol ham kulguli, yani darvozabonimizning qo'pol xatolari natijasida yuz berdi. Ammo umuman olganda, biz yaxshi futbol o'ynadik. Kiyinish xonasida jamoaga o'yin uchun minnatdorchilik bildirdim. O'zimiz ega bo'lgan ustunligimizdan foydalana olmaganimizdan afsuslanishga majburmiz"


Oradan ikki hafta o'tar-o'tmas, 26 sentyabr kuni javob o'yini bo'lib o'tadi. Liverpuldagi o'yin nursiz durang bilan yakunlandi(Qosimov "Enfild"da to'liq o'yin o'tkazadi) va mersisaydliklar keyingi bosqichga yo'l olishadi. Biroq Vladikavkazlik muxlislar uzoq vaqt xafa bo'lib yurishmadi. Bir oydan so'ng ularning sevimli klubi Rossiya chempionligini qo'lga kiritdi.



Hozirgi kunda "Alaniya" Rossiya futbolining eng quyi divizionlarida ishtirok etmoqda. Jamoa o'tgan mavsumda FNLda 17 o'rinni egalladi va uchinchi divizion, yani FNL-2ga ravona bo'ladi. O'tgan asrning so'nggi o'n yilligida esa Vladikavkaz klubi Rossiyadagi eng nufuzli jamoalardan biri edi. 90 yillarda "Spartak-Alaniya" (o'sha paytda klub aynan shunday nomlangan) nafaqat chempionlik uchun kurashgan va Rossiya chempionati oltin medallarni ham qo'lga kiritgan. Valeriy Gazzaev boshchiligidagi jamoa Chempionlar Ligasi va UEFA kubogida ishtirok etib, Vladikavkazga esa Evropaning mashhur klublari tashrif buyurishgan. Shimoliy Osetiyaga Dortmundning "Borussiya"si, "Anderlext" va "Reynjers" kabi nomdor klublar ham tashrif buyurgan. Biroq o'zbek futboli muxlislari uchun eng esda qolislari, albatta "Liverpul"ga qarshi bahs bo'lgan.




Reyting: +3   

Fikrlar

+2   
12 sen 21:21:54
Don Karlo
Yashasin Uzbek Fudbol Qiroli Mirjalol Qosimov ...
   
12 sen 22:10:22
Azim Ismailov
TEMUR foydalanuvchining fikriga javob berish
tushunmadim 2:1 ga kim yutgan oʻzi sarlavxani boshidan oxrigacha koʻrib toʻgʻirlab qoʻy admin
Косимовни гол ургани учун шундай сарлавха
   
12 sen 21:45:33
TEMUR
tushunmadim 2:1 ga kim yutgan oʻzi sarlavxani boshidan oxrigacha koʻrib toʻgʻirlab qoʻy admin
   
12 sen 21:25:32
Don Karlo
Faqat bratishka lanati aqshi tiqishtirb bekor qibsan, bu voqilani uyushtrilganini yosh bolayam biladi. Bu lanati aqshi oyini dib iroqda 1 mln odam nezashto olib ketdi.,,,esiz !!!
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика