APLda avgust oyining eng yaxshi murabbiyi aniqlandi
12 sen 16:40
Yangiliklar


APLda avgust oyining eng yaxshi murabbiyi aniqlandi
Angliya Premer-ligasida avgust oyining eng yaxshi murabbiyini elon qilindi.
Sovrinni "Liverpul" ustozi Arne Slot qo'lga kiritdi.
"Liverpul" Angliya chempionatining dastlabki 3 turidan mag'lubiyatsiz o'ta olgan yagona jamoadir. "Qizillar" "Bornmut" (4:2), "Nyukasl" (3:2) va "Arsenal"ni (1:0) mag'lub etdi.
Bu Arne Slot faoliyatidagi ikkinchi shunday mukofotdir. U ilk bor 2024 yilning noyabr oyida APLda oyning eng yaxshi murabbiyi deb topilgandi.
"Liverpul" navbatdagi o'yinini 14 sentyabr, yakshanba kuni mehmonda "Byornli"ga qarshi o'tkazadi.
Avvalroq APLda o'tgan oyning eng yaxshi futbolchisi malum bo'lgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar