Qirg'iziston terma jamoasi yarim himoyachisi Odil Abdurahmonov: "Yanada kuchli bo'lishimiz kerak"
04 sen 09:30
Yangiliklar
Qirg'iziston terma jamoasi yarim himoyachisi Odil Abdurahmonov: "Yanada kuchli bo'lishimiz kerak"
Qirg'iziston terma jamoasi yarim himoyachisi Odil Abdurahmonov O'mon bilan o'yin va klubi haqida gapirdi.
"O'mon bilan yaxshi o'yin o'tkazdik, vaziyatlarimiz bo'ldi, gollar urdik. Hakam bilmadim nima qildi, hech qanday fol yo'q edi. Kojo bilan yuz bergan vaziyatda ham qo'li pastda turgandi.
Alamli mag'lubiyat bo'ldi, o'zimiz ham vaziyatlardan foydalana olmadik. O'yindan-o'yinga o'sib boryapmiz. Yanada kuchli bo'lishimiz kerak.
Maydon holati ham pas o'ynashga to'sqinlik qildi, shunga qaramay o'yinni nazorat qildik.
"Bunyodkor"dagi paytlarimni eslab turaman, hozir ham kuzataman. Bu jamoa o'sishimga yordam bergan. Hozir esa Vetnam chempionatida o'ynamoqdaman. Bu erda ham yaxshi legionerlar bor",- deydi Odil Abdurahmonov
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar