Ravshan Haydarov: "Butun o'yin davomida ustunlikka ega bo'ldik, to'pni nazorat qildik"
03 sen 20:25
Yangiliklar
Ravshan Haydarov: "Butun o'yin davomida ustunlikka ega bo'ldik, to'pni nazorat qildik"
U-23 Osiyo kubogi saralashi doirasida Shri-Lankaga qarshi o'tkazilgan uchrashuvdan keyin O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Butun o'yin davomida ustunlikka ega bo'ldik, to'pni nazorat qildik. Albatta, Shri-Lanka jamoasi ham yaxshi himoyalandi, ammo biz to'rtta gol urishga muvaffaq bo'ldik. Muhimi — bu ilk g'alabamiz va qo'lga kiritilgan uch ochko biz uchun juda muhim.
Umuman olganda, yaxshi o'ynadik. Hujumda faollik ko'rsatdik, ko'plab vaziyatlar yaratdik. Ammo, ularning barchasini golga aylantira olmadik. Shri-Lanka jamoasining himoyasini ham etirof etish kerak — ular juda yaxshi himoyalanishdi", -deydi Ravshan Haydarov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar