Rasmiy xabar: “Aral samali U-19” O'zbekiston chempionatida ishtirok etmaydi
03 iyu 2022 13:27
Yangiliklar
Rasmiy xabar: “Aral samali U-19” O'zbekiston chempionatida ishtirok etmaydi
Jamoa hozirga qadar mazkur musobaqada faqatgina 1 ta o'yinda ishtirok etgan bo'lib, Reglament asosida mazkur uchrashuv natijasi bekor qilinadi.
O'zbekiston Professional futbol ligasi “Aral samali” klubiga mavsumni boshlash oson bo'lmaganidan kelib chiqib, qator masalalarda engillik berishga harakat qildi. SHunga qaramay, “Aral samali” bu imkoniyatlardan foydalanmadi.
U-19 jamoasini tashkil qilish va uning chempionatdagi ishtirokini taminlash OFK licenziyalash talabining asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi. SHundan kelib chiqib, “Aral samali” futbol klubi mazkur talabni bajarmagan hisoblanadi.
Malumot uchun, 2022 yilgi mavsumdan etiboran Qoraqalpog'iston Vazirlar Kengashi respublika futbol associaciyasi qoshida yangi “Aral” jamoasiga asos solgan bo'lib, ayni paytda mazkur jamoa Birinchi liga musobaqasida peshqadam bo'lib turibdi (“Aral samali” esa Pro ligada 8-o'rinda bormoqda). Qoraqalpog'iston jamoalaridan birining 2023 yilgi mavsumda ham Pro ligada ishtirok etishi uchun endilikda faqat 1 ta yo'l mavjud: “Aral” jamoasining Birinchi ligani peshqadam sifatida yakunlashi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Fikrlar