So’nggi yangiliklar

02:25Саудия Арабистони Про лигаси. Сенсация қайд этилмади, "Ал Ҳилол", "Ал Насср" ва "Ал Шабаб"да ғалаба  0 02:00АПЛ. "Вест Хэм" — "Манчестер Сити" 1:1 (матнли трансляция)  12 01:22"Нефтчи"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 00:31АПЛ. "Арсенал" ўз уйида очко йўқотишига бир баҳя қолди, "Челси" эса Лондонда "Ньюкасл"га мағлуб бўлди  23 00:11"Пахтакор"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 23:57Туркия Суперлигаси. Ўн киши бўлиб қолган “Истанбул Башакшехир” меҳмонда “Галатасарой”га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Шомуродов 70 дақиқа ўйнади  22 23:56"Реал" — "Эльче". Таркиблар маълум  3 23:55Ўзбекистон Суперкубоги ҳакамлари: рекорд Ирматовда, Тўхтасинов саккизинчи бўлди  3 23:45"Вест Хэм" — "Манчестер Сити". Таркиблар маълум  8 23:04Ислом Исмоилов: "Икром Алибоев балки ўнг қанотда ўйнар"  2 22:49Про лигада иштирок этадиган Қорақалпоғистоннинг икки жамоаси ўртоқлик ўйини ўтказди  0 22:20Ла Лига. "Атлетико" ўз майдонида "Хетафе"ни мағлуб этди, меҳмонлар ўйинчиси 55-дақиқада майдондан четлатилди  2 21:58"ФарДУ" назорат ўйинида жавобсиз еттита тўп киритди  1 21:32Бундеслига. "Бавария" тўққиз киши бўлиб "Байер" билан дуранг ўйнади, "Боруссия Дортмунд" эса ишончли ғалабага эришди  14 20:40Райан Шерки: "Дунёнинг энг яхши футболчиси бўлишни истайман. Агар "Олтин тўп"ни қўлга киритсам..."  2

Yandex Uzbekistan va PFL hamkorligi: Allplay va Kinopoisk platformalarida o'yinlarni translyaciya qilish to'g'risida kelishuv Yangiliklar

Yandex Uzbekistan va PFL hamkorligi: Allplay va Kinopoisk platformalarida o'yinlarni translyaciya qilish to'g'risida kelishuv

2026 yil 25 fevral – Yandex Uzbekistan hamda O'zbekiston Professional futbol ligasi mamlakat futbol sanoatini rivojlantirishga va butun mamlakat bo'ylab muxlislar uchun raqamli imkoniyatlarni kengaytirishga yo'naltirilgan strategik hamkorlik kelishuvini imzoladi.

O'zbekiston Pro-ligasi va Superligasi o'yinlarini Allplay hamda Kinopoisk platformalarida onlayn namoyish qilish, Yandex brendlarini futbolning oflayn infratuzilmasiga, PFLning raqamli muhitiga tizimli integraciya qilish va muxlislar bilan bevosita muloqot o'rnatish hamkorlikning asosiy yo'nalishlaridan bo'ladi.

Kelishuv doirasida Yandex Uzbekistan Superliganing rasmiy hamkori maqomiga ega bo'ladi, shuningdek, Pro-liganing titul homiysiga aylanadi. Hamkorlik Yandex ekotizimining xizmatlari va brendlarini futbol media-muhitiga, stadionlar infratuzilmasiga hamda ligalarning kommunikaciya formatlariga kompleks integraciya qilishni nazarda tutadi. O'yin kunlari muxlislar uchun Yandex xizmatlari (Allplay, Yandex Music, Yandex Go, Alisa va boshqalar) tomonidan maxsus faolliklar, stadionlarda interaktiv formatlar, xizmatlarning faol foydalanuvchilari va Yandex Go haydovchilari uchun to'pga ramziy zarba berish, shuningdek, filmlar, seriallar va musiqiy relizlar premeralariga bag'ishlangan mavzuli maxsus loyihalar o'tkaziladi. Bundan tashqari, raqamli integraciyalar, qidiruv tizimida maxsus mexanikalar va shahar xizmatlarining ko-brendingi masalalari ko'rib chiqilmoqda. Hamkorlik doirasida yoshlar sportini rivojlantirishga va futbol hamjamiyatiga yangi auditoriyani jalb etish bo'yicha qo'shma tashabbuslar yaratishga alohida etibor qaratiladi.

“Sportni qo'llab-quvvatlash kompaniyamiz faoliyatining muhim yo'nalishlaridan biridir. Yandex Uzbekistan va PFL hamkorligi mamlakatimiz futbol ekotizimiga texnologiyalar va raqamli echimlarning tizimli integraciyalashuvini rivojlantirishga imkon berishidan mamnunmiz. Bu muxlislar uchun yanada ko'proq imkoniyatlar, yangi tajriba, kontent va yorqin taassurotlar eshigini ochadi”, — deya takidladi Yandex Uzbekistan rahbari Izzat Shukurov.

Yandex Uzbekistan sport madaniyatini ommalashtirishga hamda kontentni yanada qulay va zamonaviy qiladigan texnologik echimlarni joriy etishga qaratilgan tashabbuslarni izchil rivojlantirib kelmoqda. Bunday loyihalar qatoridan Mangu Professional League bilan hamkorlik, MOC kreativ prodyuserlik markazi bilan birgalikda “Diyora. Nozik yo'l” hujjatli filmini suratga olish, shuningdek, sportni raqamlashtirish va infratuzilma yaratish loyihalari doirasida O'zbekiston MOQ bilan hamkorlik o'rin olgan.

“Futbolni va umuman sportni rivojlantirish – ligamizning asosiy ustuvor yo'nalishlaridan biridir. Biz uchun nafaqat chempionat o'tkazish, balki yoshlar o'rtasida sportga bo'lgan barqaror qiziqishni shakllantirish, auditoriyani kengaytirish va futbol atrofida zamonaviy infratuzilma yaratish ham muhimdir. Yandex Uzbekistan bilan hamkorlik O'zbekistonda sportning raqamli ekotizimini rivojlantirishda yana bir muhim qadam bo'lib, milliy futbolning onlayn makondagi ishtirokini kengaytirishga xizmat qiladi”.

Reyting: +5   

Fikrlar

+1   
25 fev 19:18:17
BXZ BXZ
У́зи шу яндексни умуман кераги йу́к У́збекистондан чикариб ташлаш керак .
   
25 fev 21:39:23
антакия
Kardinal foydalanuvchining fikriga javob berish
Адашмасам Газалкент жамоасини хам титул хомийси Яндекс Узбекистан. Бу ерда регламент бузилиши булмасмикин.
Пахтакорни ҳам спонсори Артел эди, Супер лига спонсори ҳам Артел бўлдику шунга ухшаш нарсада буям
   
25 fev 20:08:51
Мирик с Бухары
Миша, Кола лига отмен, Яндекс лигага мухлислик қиламиз.
   
25 fev 18:44:53
Abdusamat
Тафсилот чалаку, молиявий келишув ҳақида маълумот қани?
   
25 fev 18:37:28
Kardinal
Адашмасам Газалкент жамоасини хам титул хомийси Яндекс Узбекистан. Бу ерда регламент бузилиши булмасмикин.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика