Rasman: Tibo Kurtua francuz klubi egalaridan biriga aylandi
20 fev 17:29
Yangiliklar
Rasman: Tibo Kurtua francuz klubi egalaridan biriga aylandi
Endi "Real" darvozaboni Tibo Kurtua faqat futbolchilik faoliyati bilan emas, balki klub egaligi bilan ham shug'ullanadi.
19 fevral kuni 33 yoshli belgiyalik, Madridning "Real" klubi darvozaboni Tibo Kurtua Liga 2'da qatnashadigan "Le Man" klubining egalaridan biri bo'lgani elon qilindi.
Investorlar guruhi tarkibida allaqachon Novak Jokovich, Felipe Massa, Kevin Magnussen, Per Gasli kabi mashhur nomlar ham bor.
Ayni paytda "Le Man" Liga 2 turnir jadvalida 5-o'rinda bormoqda va Liga 1'ga chiqish uchun to'g'ridan-to'g'ri kurash olib boryapti: jamoa peshqadamdan atigi 3 ochko ortda qolmoqda.
"Real" o'yinchilari uchun bu futbol klublariga investiciya qilish borasidagi birinchi tajriba emas. 2024 yilda Kilian Mbappe "Kan" klubining 80% akciyasini sotib olib, uning egasiga aylangan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar