Rasman: "Roma"ning yangi bosh murabbiyi elon qilindi, SHomurodov sobiq murabbiyi bilan ishlaydi
14 noy 2024 21:33
Yangiliklar
Rasman: "Roma"ning yangi bosh murabbiyi elon qilindi, SHomurodov sobiq murabbiyi bilan ishlaydi
"Roma" matbuot xizmati Klaudio Raneri jamoa bosh murabbiyi bo'lganini elon qildi.
73 yoshli murabbiy mavsum yakuniga qadar rimliklarni boshqaradi. SHundan keyin u "Roma"da maslahatchi sifatida ishlashni boshlaydi. SHuningdek, u navbatdagi bosh murabbiyning aniqlanishida ham qatnashishi mumkin.
Qayd etish kerak, "Roma" tarkibidagi hamyurtimiz Eldor SHomurodov o'tgan mavsumda "Kalyari"da Klaudio Raneri bilan birga ishlagan.
Ushbu mavsumda rimliklar A Seriyada 12 turdan keyin 13 ochko jamg'arib, 12-o'rinda bormoqda. U ushbu mavsumda Daniele de Rossi va Ivan Yurichlardan keyingi uchinchi murabbiy bo'ladi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar