Rasman: OKMK "Bunyodkor" sardori bilan shartnoma imzolaganini elon qildi
09 jan 2024 12:30
Yangiliklar
Rasman: OKMK "Bunyodkor" sardori bilan shartnoma imzolaganini elon qildi
Jamoa bo'lajak mavsum oldidan navbatdagi transferi haqida malumot berdi.
"Avazbek O'lmasaliev 2000 yilning 27 mart sanasida Farg'ona shahrida tavallud topgan. Faoliyati davomida Farg'onaning "Neftchi", Toshkentning "Lokomotiv" va "Bunyodkor" jamoalarida to'p tepgan markaziy himoyachi bo'lajak mavsumda "konchilar" sharafini himoya qiladi. OKMK va futbolchi o'rtasida 2 yillik (1+1) shartnoma imzolandi", – deyiladi olmaliqliklar xabarida.


23 yoshli himoyachi Superliga bahslarida jami 111 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblari darvozasiga 8 ta gol urishga erishgan.
Malumot uchun, O'lmasaliev 2023 yil "Bunyodkor" safida barcha musobaqalarda 28 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради
Fikrlar