Rasman: Martin Boake "Andijon"ga qaytdi
15 jan 19:21
Yangiliklar
"Yangi mavsum uchun tarkibini jiddiy kuchaytirayotgan jamoamizdan navbatdagi transfer!
Italiya hamda Gana fuqarosi bo'lgan tajribali hujumchi Martin Boake yana "Andijon"ga qaytdi. Olib borilgan muzokaralar ijobiy yakun topdi va tomonlar rasman shartnoma imzoladilar.
Yodingizda bo'lsa, Boake 2021 yili ham "burgutlar" safida yarim mavsum to'p tepgan. Yurtimizdagi faoliyatini aynan "Andijon"da boshlagan va yana u "burgut"ga aylandi.
Malumot uchun, Martin Boake 1995 yilning 10 fevral sanasida tavallud topgan. "Solesineke" (Italiya), "Kitzbyuxel" (Avstriya), "Xoenems" (Avstriya), "Jeness Esh" (Lyuksemburg), "Slaven" (Xorvatiya), OKMK (O'zbekiston), "Cindao" (Xitoy), "Buriram Yunayted" (Tailand) va "Boluspor" (Turkiya) jamoalari sharafini himoya qilgan.
Boake "Andijon"ga kelishdan avval aynan Turkiya chempionatida "Boluspor" safida faoliyat olib bordi. U erda 19 uchrashuvda 3 ta gol va 2 ta assistni amalga oshirdi.
Hozirga qadar Martin faoliyati davomida 308 o'yinda 111 ta gol urgan va 16 ta golda assist vazifasini bajargan.
Boakeda 4 ta sovrin bo'lib, u barcha yutuqlarini "Buriram" tarkibida qo'lga kiritgan", – deyiladi xabarda.
Avvalroq nihoyat "Andijon" o'z maqsadiga erishgani haqida xabar bergan edik.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar