Rasman: Humoyunmirzo Iminov – "Dinamo" futbolchisi
27 dek 2023 18:00
Yangiliklar
Rasman: Humoyunmirzo Iminov – "Dinamo" futbolchisi
"Dinamo" PFK jamoa yig'inida ishtirok etayotgan Humoyunmirzo Iminov klubning to'laqonli azosiga aylanganini rasman malum qiladi.
O'tgan mavsumlar davomida "Paxtakor", "Energetik-BGU", "Buxoro" klublari sharafini himoya qilgan 23 yoshli yarim himoyachi bilan 2024 yilning oxiriga qadar shartnoma imzolandi.
Humoyunmirzo Iminov yakunlangan mavsum "Buxoro" safida Superligada 24 o'yinda maydonga tushib, 2ta golga mualliflik qilgan.
Malumot uchun, Humoyunmirzoning akasi Sardor Eminov 2019 va 2021 yilgi mavsum "Dinamo" jamoasi sharafini munosib himoya qilgan.
"Dinamo" PFK ahil oilasiga xush kelibsiz, Humoyunmirzo!", - deb yozadi "Dinamo" matbuot xizmati.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar