So’nggi yangiliklar

12:42Криштиану Роналду Қизил денгиз оролларидан 8 млн долларга иккита вилла сотиб олди  6 12:15"Манчестер Юнайтед" Бруну Фернандеш дербига қадар тикланишига умид қилмоқда  0 11:35Франк Лебёф: "Реал"да Беллингем, Винисиус ва Мбаппе бор – бу муаммо"  7 10:45"Ливерпуль" марказий ҳимоячи учун 90 миллион евро тўлаши мумкин  2 10:18Семеньонинг янги жамоаси маълум (Романо)  2 09:52Рўзиқул Бердиев: "Йигитлар майдонда бор кучларини ишга солишди"  13 09:22"Челси" ва "Манчестер Юнайтед" "Барселона"нинг собиқ ҳужумчиси учун курашмоқда  3 08:55"Манчестер Сити"нинг марказий ҳимоячиси қишда жамоадан кетиши мумкин  4 08:30Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" 1:0  3 08:27Вадим Абрамов: "Таркиб асосини деярли сақлаб қолдик, кетганлар ўрнига янги ўйинчиларни таклиф қиламиз"  3 07:59ОЧЛ 2. Бугун "Андижон" плей-офф йўлланмасини қўлга киритиши мумкин  12 07:30Sofascore. Саудиядаги мағлубиятдан сўнг "Насаф" футболчилари неча баҳо олишди?  3 03:25Англия лига кубоги. "Арсенал" "Кристал Пэлас"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Ярим финалдаги рақиб – “Челси”  9 01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  8 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  67

Vadim Abramov: "Tarkib asosini deyarli saqlab qoldik, ketganlar o'rniga yangi o'yinchilarni taklif qilamiz" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Tarkib asosini deyarli saqlab qoldik, ketganlar o'rniga yangi o'yinchilarni taklif qilamiz"

Teglar :  DinamoVadim Abramov
"Dinamo" jamoasi 20 kunlik qishki tatildan qaytib, kechadan Samarqandda 2026 yilgi mavsumga tayyorgarlikni boshladi.

Yig'in oldidan jamoa bosh murabbiyi Vadim Abramov klub matbuot xizmatiga intervyu berib, rejadagi yig'inlar, tarkib, selekciya jarayoni va 28 dekabr kuni Samarqandda "Qizilqum"ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazilishini malum qildi.

"Bugundan mashg'ulotlarni boshladik, hozircha betobligi yoki jarohati sabab yig'inda ishtirok eta olmayotganlar bor. Legionerlar esa yanvar oyi boshidan safga qo'shila boshlaydi. Samarqanddagi yig'inimiz yakunida ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazamiz. Yangi yil bayramidan oldin 3 kunga dam berib, 3 yanvardan Toshkentda yig'in boshlaymiz.

28 dekabr kuni "Qizilqum"ga qarshi o'yin o'tkazilsa, 29 dekabrda Andijonning boshqa bir jamoasi bilan nazorat bahsi o'tkaziladi. Ikkisi ham Samarqandda o'tadi. Ikkinchi yig'in Toshkentda o'tadi, chunki bu erda hozircha mashg'ulot uchun tayyor maydon yo'q. Toshkentda bir qator o'rtoqlik bahslari belgilangan. Bu bahslarda tarkib shakllangan bo'ladi. 

Uchinchi yig'in esa Abu-Dabida o'tkaziladi. Xorij yig'iniga shakllangan tarkib bilan boramiz. U erda kuchli raqiblar ko'p, ularga qarshi kamida 3ta o'yin o'tkazamiz. 

Qaysi chiziqlarni kuchaytirishni rejalashtiryapmiz? Jamoani tark etgan o'yinchilar o'rniga yangi futbolchilar taklif etiladi. Umuman olganda esa tarkib asosini deyarli saqlab qoldik, ketganlar o'rnini esa munosib o'yinchilar bilan to'ldiramiz", - deydi Vadim Karlenovich.

Reyting: +1   

Fikrlar

+1   
24 dek 10:47:15
Фарход
'"Динамо Самарканд'" келаётган мавсум Совриндорлар каторида куриш насиб килсин .
+1   
24 dek 08:43:24
икром
Яшанг
   
24 dek 10:06:34
Y@Go_6060
Динамо олга
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика