Rasman: De Rossi – "Roma" bosh murabbiyi
16 jan 2024 17:48
Yangiliklar
Rasman: De Rossi – "Roma" bosh murabbiyi
40 yoshli mutaxassis "bo'rilar" bilan qisqa muddatli shartnoma imzoladi.
Kelishuv 30 iyungacha amal qiladi. Jamoa malum natijalarga erishsa, shartnomani uzaytirish bandi bor.
Sobiq futbolchi "Roma" tarkibida 2002 yildan 2019 yilgacha harakat qilgan va umumiy 616 ta o'yinda qatnashib, 63 ta gol urgan va 60 ta golga assistentlik qilgan.
20 turdan so'ng "Roma" 29 ochko bilan 9-o'rinda bormoqda.
Avvalroq "Roma" Mourinyuni istefoga chiqargan edi.
Malumot uchun, hozirda "Kalyari" sharafini himoya qilayotgan Eldor SHomurodov aynan "Roma" azosi hisoblanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar