Rasman: Abror Ismoilov – "Navbahor" azosi!
22 dek 2022 17:15
Yangiliklar
Rasman: Abror Ismoilov – "Navbahor" azosi!
Bugun jamoa safiga mahoratli yarim himoyachi Abror Ismoilov qo'shildi. "Lochinlar" bosh murabbiyi Samvel Babayanning taklifiga binoan "Navbahor" tarkibiga qo'shilgan futbolchi 2 yillik shartnoma imzoladi.
Abror Ismoilov 1998 yil 8 yanvarda Farg'ona viloyatining Yozyovon tumanida tug'ilgan. Futbolchilik faoliyatini 2016 yili "Neftchi" klubida boshlab 2018 yil yakuniga qadar farg'onaliklar safida to'p tepgan. Mahoratli yarim himoyachi 2019 yili "Surxon" (Termiz), 2020-2021 yillarda esa "Paxtakor" (Toshkent)da o'ynadi.
Abror Ismoilov yakunlangan mavsumni "Neftchi" (Farg'ona)da o'tkazib, farg'onaliklar tarkibida O'zbekiston Coca Cola Superligasi va O'zbekiston Kubogi bahslarida jami 25 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta golga mualliflik qilgan holda, 1 ta golga assistentlik qildi.
Bundan tashqari, mahoratli yarim himoyachi O'zbekistonning turli terma jamoalarida o'ynagan. 2019 yildan buyon milliy terma sharafini himoya etib kelmoqda.
Avvalroq "Eshitdik-da" rukni ostida Ismoilov "Navbahor" azosiga aylanayotgani haqida xabar bergan edik.
Eslatib o'tamiz, Namangan klubi Farruh Ikromov hamda SHahboz Jo'rabekov transferini elon qilgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Fikrlar