Rashidov Portugaliyadagi faoliyati nima uchun uzoqqa bormaganini tushuntirib berdi
21 iyu 09:32
Yangiliklar
Rashidov Portugaliyadagi faoliyati nima uchun uzoqqa bormaganini tushuntirib berdi
Sardor Rashidov nima uchun Portugaliya chempionatida uzoq o'ynamaganini tushuntirib berdi.
«Men oilamsiz uzoq muddat yashay olmayman, ularni Portugaliyaga olib keta olmaganman.
Keyin men o'ynagan jamoa Madeyrada joylashgan. U erdagi ob-havo ham menga salbiy tasir ko'rsatgan. Har kuni mashg'ulotlarga dori ichib chiqishga majbur bo'lardim. Havo sababli burnimda muammolar paydo bo'la boshladi.
Portugaliyaga viza olish qiyin bo'lgani uchun oilamdagilar u erga kelisha olmagan, vizani hal qilgan taqdirida ham o'sha vaqtlarda farzandim 2 yosh edi, u erda o'zim qattiq qiynalganim sababli ularni bunday qiyinchilikka tushirishni istamadim. Ketishimning asosiy sababi oilam bilan birga bo'la olmaganim bo'lgan», — dedi Rashidov.
Fikrlar