So’nggi yangiliklar

18:00Дэвид Бекхэм қиролдан рицарлик унвонини қабул қилиб олди  0 17:38МЮ "Барселона" собиқ футболчиси билан шартнома имзолаши мумкин  0 17:05Неймар Бразилиянинг 2025 йилги сўнгги ўртоқлик ўйинларига чақирилмади  0 16:38Футбол агенти футболчини қурол билан қўрқитди  0 16:10"Локомотив" U-14 Туркиядаги халқаро турнирда чемпион бўлди  1 16:02Ўткир Юсупов тикланиш жараёнини Тошкентда давом эттирмоқда  3 15:49​"Фиорентина" бош мураббийи истеъфога чиқарилди  0 15:24Хаби Алонсо "Ливерпул"га қарши ўйин олдидан дадил баёнот берди  8 14:58Артета футбол ташкилотларидан "Арсенал" футболчиларини ҳурмат қилишни талаб қилди  4 14:33"Насаф" "Ал Ваҳда"га имкониятни бой берган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 14:09Игорь Сергеев: "Агар сиз ўзингизни ўйлаб ўйнасангиз, ҳеч нарса ўхшамайди"  4 13:48Ўзбекистонлик ҳакамлар U-17 Жаҳон чемпионатида Англия ва Франция иштирокидаги ўйинларда ишлайди  3 13:25U-17 Жаҳон чемпионати. Парагвай – Ўзбекистон учрашувида ишлайдиган ҳакамлар маълум  3 13:02Суперлига сўнгги тури ва плей-офф саналарига ойдинлик киритилди  12 12:42Голларга бой ўтган "Пахтакор" – "Бунёдкор" тўқнашувидан ГАЛЕРЕЯ  0

Muhim gollar panoramasi: Sardor Abdunabiev yana "Neftchi"ni jazoladi Yangiliklar

Muhim gollar panoramasi: Sardor Abdunabiev yana "Neftchi"ni jazoladi

Farg'onada bo'lib o'tgan navbatdagi bellashuvda "Bunyodkor" jamoasi safida maydonga tushgan Sardor Abdunabiev "Neftchi" darvozasini ishg'ol qilib, jamoasiga muhim 3 ochko olib keldi.

Bu uning "qaldirg'ochlar" safidagi debyut goli bo'ldi. Ammo bu — forvardning faoliyatidagi yagona hal qiluvchi to'p emas. Quyida Abdunabievning turli yillardagi muhim gollari haqida so'z yuritamiz.

2021 yil, "Neftchi"

O'sha mavsumni Farg'onaning "Neftchi" jamoasida o'tkazgan Abdunabiev Pro liganing 8-turida "Oq-tepa" darvozasiga 5 ta gol urgan edi. O'sha bellashuvda "Neftchi" 7:0 hisobida g'alaba qozongan. Bu uning faoliyatidagi ilk penta-trik edi. Ilhom Mo'minjonov boshchilik qilgan jamoa o'sha yili Superligaga chiptani qo'lga kiritgan, "Oq-tepa" keyinchalik faoliyatini yakunladi. 

PRO-Liga. 8-tur.

"Neftchi" - "Oq-tepa" 7:0

Farg'ona. "Istiqlol" stadioni.

Hakamlar: G'ayrat Jo'raev, Nikita Afinogenov,Rustam Tog'aev, Shohruh Azamov

Nazoratchi: Andrey Klepikov

Komissar: Jamshid Imomov.

Gollar: Marko Obradovich, 22 (1:0), Sardor Abdunabiev, 24 (2:0), Marko Obradovich, 41 (3:0), Sardor Abdunabiev, 51 (4:0), Sardor Abdunabiev, 63 (5:0), Sardor Abdunabiev, 64 (6:0), Sardor Abdunaniev, 69 (7:0)

"Neftchi": 45. Akbar To'raev, 2. Akmal Shorahmedov, 7. Sobit Sindarov, 10. Sardor Abdunabiev (Otabek Zokirov), 14. Sherzod Karimov (Izzatilla Abdullaev), 17. Abdulloh Olimov (Abdul Aziz Yusupov), 18. Shavkatjon Mullajanov, 21. Azamjon Aliev (Umar Adhamzoda), 31. Saydullo Rahmatov (Xudoshukur Sattorov), 44. Darko Stanoevich, 91. Makro Obradovich

Zaxira: 1. Mashhurjon Muhammadjonov, 5. Darko Stanoevich, 25. Sarvar Soliev, 33. Tohirjon Shamsiddinov

"Oq-tepa": 12. Umidjon Hamroev, 4. Samuel Opeks, 6. Sunnatilla Mamadaliev (Sherzod Qodirov), 8. Xazratjon Tursunqulov, 10. Estevan Ospina, 20.Olimjon Karimov, 23. Javohir Bahtiyorov, 29. Muhammad Ali Mansurov (Talgat Nigmatullin), 55. Avaz Agaliev, 88. Islombek Karimov, 96. Shohjahon Qilichev (Ubaydullo Xalikulov)

Zaxira: 3. Aziz Toshkenboev, 77. Asadbek Ismoilov


2022 yil, "Turon" 

2022 yil Superligaga chiqish ostonasida turgan "Turon" to'g'ridan-to'g'ri yo'l ololmagan. Ammo imkoniyatni saqlab qolgan edi. Buning uchun pley-off bahsida Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi mag'lub etilishi talab qilinardi. "Temiryo'lchilar" bilan to'qnashuv murosasiz o'tayotgan pallada katta sahnaga kechagi kun qahramoni chiqib keldi. Sardor Abdunabiev 76-daqiqada g'alaba golini urib yaypanliklarga elita yo'llanmasini taqdim qilgan. 

"Turon" – "Lokomotiv" 2:1

Yaypan. "O'zbekiston" stadioni. 15:00

Hakamlar: Asker Najafaliev, Sanjar Shoyusupov, Alisher Usmonov, Doston Mirzaraimov

VAR hakami: Abdurashid Xudoyberganov 

AVAR hakami: Ziyodulla Abdurahmonov 

Nazoratchi: Igor Nexochin

Komissar: Qudrat Madraimov

Gol: Humoyun Murtozaev, 12 (1:0), Sanjar Qodirqulov, 37 (1:1), Sardor Abdunabiev, 76 (2:1)

"Turon": 12.Akmal Tursunboev, 2.Abdulazizxon Abdurashidov, 5.Marlen Chobanov, 9.Aziz Ibragimov (20.Jasurbek O'rinov, 68), 10.Humoyun Murtozaev (11.Rustamxon Azimov, 81), 18.Abdug'ani Kamolov, 19.Sardor Abduraimov (89.Sergey Morozov, 88), 21.Azam Aliev, 22.G'olibjon Sariboev, 30.Sardor Abdunabiev, 55.Xushnudbek Avilov

Zaxira: 1.Nizomiddin Ziyovutdinov, 7.Qahramon Bahodirov, 14.Doniyor Ismoilov, 23.Mirzohid Mirzamahmudov, 34.Saidafzalxon Axrorov, 88.Sardor Telyakov

"Lokomotiv": 13.Rustam Nortojiev, 3.Islomjon Qobilov (s), 8.Nurmuhammad Toshpo'latov, 14.Xurshid Muxtorov, 17.Sanjar Qodirqulov, 19.Etame Jerome, 20.Jaloliddin Jumaboev, 22.Manuchehr Safarov, 25.Mo'minjon Meliev (18.Ali Abdurahmonov, 77), 27.Islom Rashidxonov (34.Anvar Alijonov, 77), 98.Maruf Jumaev (10.Jasur Jaloliddinov, 61)

Zaxira: 30.Asilbek Amanov, 6.Alisher Salimov, 21.G'ulom Haydar Gulyamov, 24.Sherzod Komilov, 44.Samuel Opeh, 77.Ivan Nagaev

Ogohlantirishlar: Maruf Jumaev (42), Jaloliddin Jumaboev (57), Sanjar Qodirqulov (68)


2023 yil, "Andijon"

"Turon"ni Superligaga olib chiqqan to'p tepar keyingi mavsumni faoliyatini "Andijon" bilan bog'laydi. Yangi jamoaga ko'chib o'tgan hujumchi o'zining ilk rasmiy o'yinida Qarshida "Nasaf" darvozasini ishg'ol qilgan, bu gol yakunda yagonaligicha qolgan va jamoa safardan 1:0 hisobidagi g'alaba bilan ortga qaytgan. "Burgutlar" 21 asrda ilk bor mehmonda "ajdarlar"ni taslim qilgan oqshom sababchisi Sardor Abdunabiev edi. 

Coca Cola Superligasi

1-tur

"Nasaf" – "Andijon" 0:1 

Gol: 89 - Sardor Abdunabiev (Rubin Xebay)

Qarshi. "Markaziy" stadioni. 16:30

Hakamlar: Vadim Agishev, Husniddin Shomnov, Shavkat Rahmatov, Shuhrat Rajabov

Nazoratchi: Oleg Dachev

Komissar: Oybek Yunusov

"Nasaf": 1.Umidjon Ergashev, 2.Alibek Davronov, 4.Husniddin Aliqulov, 5.G'olib G'aybullaev (s), 7.Akmal Mozgovoy, 9.Javohir Sidiqov, 22.Shohmalik Komilov (30.Aziz Xolmurodov, 59), 28.Shuhrat Muhammadiev (17.Suhrob Nurulloev, 81), 34.Sherzod Nasrullaev, 77.Oybek Bozorov, 99.Azizbek Amonov

Zaxira: 13.Azamat Soyibov, 35.Abduvohid Nematov, 15.Jo'rabek Mannonov, 18.Bahrom Abdurahimov, 23.Sardor Sadullaev, 24.Nodirbek Mukarov,  70.Abubakr Rizo Turdialiev 

"Andijon": 1.Eldor Adhamov, 5.Abduvohid G'ulomov, 7.Bobur Farhodov, 9.Levan Arveladze (8.Farhod Bekmurotov, 80), 13.Sardor Azimov (17.Farhod Sohibjonov. 35), 15.Vladimir Bubanya, 19.Suhrob Berdiev (99.Rubin Xebay, 80), 21.Ildar Mamatkazin (s), 26.Muhammadkarim Toirov, 88.Nodar Kavtaradze (11.Sardor Abdunabiev,66), 91.Axtam Nazarov

Zaxira: 72.Igor Litovka, 4.Dilshod Komilov, 10.Ilhom Abdunabiev,  14.Abdurahmon Komilov, 66.Ilhom Alijonov, 

Ogohlantirish: 8 - Nodar Kavtaradze, 59 - Aziz Xolmurodov



2024 yil, "Lokomotiv"

Futbolchi endilikda manzilini Toshkent tomon burdi. Superliganing 13-turida "Lokomotiv" tarkibida Farg'onada mehmon bo'lgan Abdunabiev jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qolgan gol muallifiga aylangan. "Temiryo'lchilar" uning goli evaziga mehmondan 1 ochko olib qaytgan edi (1:1). Sardor ikkinchi davradagi javob uchrashuvida ham bu vazifani uddaladi lekin etarli bo'lmadi (2:3). "Lokomotiv" shu yili Pro ligaga tushib ketdi. 


"Neftchi" – "Lokomotiv" - 1:1

27 iyun. Farg'ona. "Istiqlol" stadioni. 20:00

Bosh hakam: Nayim Qosimov

Qanot hakamlari: Islom Azimov, Sherzod Azamov

Zaxira hakami: Umidjon Rahimjonov

VAR: Abdurashid Xudoyberganov

AVAR: Maksim Nexochin

Nazoratchi: Nabijon Ro'zimov

Komissar: Oybek Yunusov

Gollar: Husayn Norchaev 49, - 1:0 (Muhsin Ubaydullaev). Sardor Abdunabiev 74, - 1:1 (Muhammadanas Hasanov).

"Neftchi": 35.Sanjar Quvvatov, 9.Husayn Norchaev, 11.Javohir Qahramonov (7.Jasur Jaloliddinov, 46), 14.Xurshid Muxtorov, 17.Sanjar Qodirqulov, 20.Anvar G'ofurov, 21.Muxsin Ubaydullaev, 24.G'ulomxaydar Gulyamov (8.Ketelin Karp, 55), 70.Abbos G'ulomov (55.Manuchehr Safarov, 80), 77.Bilolxon Toshmirzaev (19.Mirzohid G'ofurov, 70), 99.Nsungusi Effiong (18.Mixay Roman, 70).

Zaxira: 1.Botirali Ergashev, 3.Jaloliddin Jumaboev, 4.Boyan Ciger, 23.Diyor Turopov.

"Lokomotiv": 32.Suhrob Sultonov, 2.Abdulazizxon Abdurashidov, 4.Ivan Rogach, 11.Izzatilla Abdullaev (29.Quvonchbek Abraev, 60), 14.Dilshod Komilov, 15.Jasurbek Hakimov (7.Sardor Abdunabiev, 69), 22.Muhammadanas Hasanov, 26.Abdulloh Yo'ldoshev, 27.Sobit Sindarov, 70.Abubakrrizo Turdialiev, 77.Lazizbek Mirzaev (6.Sherzodjon Komilov, 88).

Zaxira: 1.Abdumavlon Abdujalilov, 20.Javohir Muborakov, 23.Jahongir Xoshimboev, 35.Azizbek Abdumajitov, 44.Ismoilbek Usmonxo'jaev. 

Ogohlantirishlar: Sobit Sindarov 59, Manuchehr Safarov 81, Xurshidbek Muxtorov 85.


2025 yil, "Bunyodkor"

Forvard bu yil Toshkentda qoldi faqat "Bunyodkor" azosiga aylandi. Anana shuki, u yana Farg'onaga keldi, urdi, ketdi. O'tgan mavsumda u to'p tepgan va gol urgan o'yinda jamoasi bir ochkolik bo'lgan bo'lsa, endigi hal qiluvchi gol  "qaldirg'ochlar"ga muhim 3 ochko olib keldi. Qiziq fakt, bu Abdunabievning "Bunyodkor" libosidagi debyut goli bo'ldi. 

Superliga 16-tur

"Neftchi" – "Bunyodkor" 1:2 (TUGADI)

02.08.2025. Farg'ona. "Istiqlol" stadioni. 19:00

Bosh hakam: Temur To'xtasinov

Yordamchi hakamlar: Abdulhamid Abduraimov, Husan Xudoyberdiev

Zaxira hakami: Asadbek Qosimjonov

Nazoratchi: Baxtiyor Namozov

VAR: Ibrohim Ismoilov

AVAR: Amir Galeev

Komissar: Davron Ibrohimov

Gol: Martin Shroler  (Narimonjon Ahmadjonov) 50, 0:1, Boyan Ciger (Joeel Kojo) 56, 1:1, Sardor Abdunabiev (Azizbek To'lqinbekov) 88, 1:2

"Neftchi": 1. Botirali Ergashev, 21. Muhsinjon Ubaydullaev, 23. Yovan Jokich, 4. Boyan Ciger, 6. Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 7. Abror Ismoilov (11. Quvondiq Ro'ziev, 90+1), 5. Ikrom Aliboev, 10. Jamshid Iskanderov, 22. Alisher Odilov, 70. Silvanus Nimeli (32. Zoran Marushich, 68) 9. Joel Kojo (77. Bilolxon Toshmirzaev, 78)

Zaxira: 45. Akbar To'raev, 34. Farruh Sayfiev, 44. Muhammadziyo Adhamjonov, 24. G'ulom-Haydar Gulyamov, 33. Shohrux Yoqubjonov, 30. Omadillo Abdumannopov, 

"Bunyodkor": 1. Abdumavlon Abdujalilov, 2. Nikoloz Mali, 4. Najmiddin Normurodov, 8. Martin Shroler (21. Nosirjon Abdusalomov,68), 9. Imeda Ashortia, 11. Temurxo'ja Abduxoliqov (5. Aleksandr Zevadinov, 85), 15. Marko Bugarin, 18. Narimonjon Ahmadjonov (25. Itsuki Urata,68), 23. Asadbek Rahimjonov (66. Azizbek To'lqinbekov, 77) 57. Amir To'raqulov, 77. Muzaffar Olimjonov (30. Sardor Abdunabiev, 77)

Zaxira: 22. Valijon Rahimov, 10. Rasul Yo'ldoshev, 17. Ollobergan Karimov,   28. Matiya Krivokapich, 

Ogohlantirish: Muhsin Ubaydullaev ("Neftchi") 23, Sardor Abdunabiev ("Bunyodkor") 89

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика