So’nggi yangiliklar

01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  1 00:18Сайфиддин Содиқов: "Бош мураббийимизнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  2 23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   3 23:12Расман: Ўзбекистон 1/16 финалда Хорватия билан ўйнайди  15 22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  6 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  7 21:25Абдулмалик Анваров бошидан жароҳат олди  9 20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  169 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  7 19:52Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди  55 19:34"Ливерпуль" "Брайтон" етакчисига даъвогар  4 19:09Роналду ЖЧ-2026 унинг учун сўнггиси бўлишини эълон қилди  10 18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  1 18:12U-17 Жаҳон чемпионати. Гуруҳдан чиқсак, ким билан ўйнаймиз?  29 17:44Кьеза Италия терма жамоасига чақирувдан бош тортдими?  3

"Raqib murabbiyi bilib qolmasligi uchun ularni mag'lub etishning kalitini aytmayman" Yangiliklar

"Raqib murabbiyi bilib qolmasligi uchun ularni mag'lub etishning kalitini aytmayman"

Bugun tunda ECHL guruh bosqichining so'nggi tur uchrashuvlari bo'lib o'tishidan xabaringiz bor.

Germaniyada PSJ jamoasi "SHtutgart" mehmoni bo'ladi. Ana shu o'yin oldidan parijliklar ustozi Luis Enrike fikrlarini bildirib o'tdi.

"Men klassik "o'nlik" bilan o'ynamayman. 10-raqamdagi har qanday o'yinchi mening tizimimda qiynalardi. Biz bo'sh joylarni boshqacha egallaymiz.

Bizda 3 xil poziciyada 7 nafar hujumkor o'yinchi bor. SHuning uchun men ularning qanday hujum qilishlariga, qanday himoyalanishlariga qarayman. Biz ko'p qirralilik va o'yinchilar jamoani qanday kuchaytirishi mumkinligini qidiramiz.

Men futbolchilarimdan mamnunman, ularning barchasi bizga kerak. Ammo "to'qqizlik", "o'nlik" yoki "o'n birinchi raqam" tushunchalari - men bunga aslida qabul qilingani kabi qaramayman.

"SHtutgart"ning o'yinlarini tahlil qilib, ular o'tgan mavsumni ikkinchi o'rinda yakunlashganidan ajablanmadim. Ularda yuqori saviyali o'yinchilar bor.

Bu yaxshi hujum qiladigan va yaxshi himoyalanadigan jamoa. Ular sifatli bosim o'tkazishadi va ularga qarshi o'ynash qiyin. Ular to'rtinchi savatchada, ammo ularning saviyasi ushbu toifadagi aksar jamoalardan yuqoriroq.

Bu o'yin qiyin bo'ladi, boz ustiga biz ularning maydonida to'p tepamiz. Muvaffaqiyat kaliti? "SHtutgart" ustozi Sebastyan Xyoness bilib qolmasligi uchun bu haqda o'yindan oldin hech narsa demayman. Sizlarga ushbu bellashuvning nozik tomonlarini aytib bermoqchi emasman", - dedi PSJ bosh murabbiyi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика