Stanislav Cherchesov: "O'zbekistonni umuman bilmaydigan va ko'p nozik jihatlardan bexabar chet ellik murabbiyning darhol natija keltirishiga hech kim kafolat bera olmaydi"
04 sen 16:02
Yangiliklar


Stanislav Cherchesov: "O'zbekistonni umuman bilmaydigan va ko'p nozik jihatlardan bexabar chet ellik murabbiyning darhol natija keltirishiga hech kim kafolat bera olmaydi"
- Salom, Stanislav Salamovich. O'zbekiston milliy terma jamoasi vaziyati haqida fikringizni bilmoqchi edik. Hozirda O'FA MTJ bosh murabbiyini almashtirish masalasini ko'rib chiqmoqda. Nomzodlar orasida turli mutaxassislar tilga olindi: avvaliga Yoaxim Lyov haqida malumot berildi, biroq nemis matbuoti Lyov taklifni rad etgani haqida yozdi. Keyinchalik portugaliyalik murabbiy Paulu Bentu bo'ldi nomzod sifatida etirof etildi. Bentu muzokaralar uchun Toshkentga tashrif buyurdi. Sizningcha, Jahon chempionatiga bir yildan kamroq vaqt qolganida murabbiyni almashtirish to'g'rimi? Bu jamoaga foyda keltirishi mumkinmi yoki bunday qadam ko'proq xavf tug'diradimi?
- Hayronman ochig'i, chunki bu haqda ikkinchi marta eshityapman. Murabbiyni almashtirish g'oyasining sababi va bu qanchalik haqiqatligini bilmayman. Ishonchim komilki, terma jamoani Olimpiadaga va Jahon chempionatiga olib chiqqan Kapadze jamoani xotirjamlik bilan mundialga tayyorlashga loyiq. Malumki, O'zbekiston hech qachon bunday yuqori darajadagi musobaqada o'ynamagan va Kapadzeda ham bunday tajriba yo'q. Jamoani bu darajaga olib chiqishning o'zi katta yutuq. Men kuzatganimda, jamoa boshqaruvchan, hujumkor futbol namoyish eta oladigan va nima qilishni biladigan jamoa edi. Shu bois, uzoqdan turib rahbariyatga maslahat beradigan inson emasman. Tabiiyki, ular vaziyatga ancha chuqur va tizimli yondashishadi. Menimcha, yo'llanmani qo'lga kiritgan odam jamoani oxirigacha boshqarishi kerak.
Chet ellik murabbiylar masalasiga kelsak, bu juda murakkab masala. Tushuntirib beraman, chunki yaqinda o'zim Qozog'istonda ishlaganman, u erda hamma meni tushunardi. Biz rus tilida gaplashardik, hamma meni tushunardi. Lekin baribir qiyinchiliklar bo'ldi, chunki mentalitetni, jamoani tushunish, kimning kim ekanligini aniqlash kerak edi. Hatto sobiq ittifoqdosh respublikada ishlayotib, bir tilda gaplashsangiz ham, bazi narsalarni boshidanoq tushunish qiyin bo'lgan holatlar ko'p uchraydi. Menda deyarli vaqt bo'lmadi, Norvegiya terma jamoasiga qarshi o'yindan atigi ikki kun oldin yig'ildik, shuning uchun bazi noqulayliklar yuzaga keldi. Ayniqsa, O'zbekistonni umuman bilmaydigan, u erda hech qachon bo'lmagan va ko'p nozik jihatlardan bexabar chet ellik murabbiy, ismidan qati nazar, darhol natija bera olishiga hech kim kafolat bera olmaydi. Bu rahbarlar hisobga olishi kerak bo'lgan malum jihatlardir. Futbolchi yoki murabbiy bazan qaysi mamlakatga, qanday jamoaga, qanday mentalitetga ega joyga kelayotganini tushunmaydi. Mening fikrimcha, Timur bundan keyin ham terma jamoada ishlashga loyiq. Agar mendan so'rayotgan bo'lsangiz, hammasi o'z yo'lida davom etishi kerak. Mening fikrim shu.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar