Manba: Paulu Bentu O'FA taklifini rad etishi mumkin
01 sen 15:29
Yangiliklar
Manba: Paulu Bentu O'FA taklifini rad etishi mumkin
Paulo Bentu Yoaxim Lyovdan keyin O'zbekiston futbol associaciyasi taklifiga rad javobini berish ehtimoli bor.
Bu haqda jurnalist Aleksandr Troickiy xabar berdi.
"Portugaliyalik murabbiy O'zbekiston futbol associaciyasi taklifi bilan tanishib chiqdi va jo'nab ketdi.
Aytishlaricha, Bentuning oldida boshqa takliflar ham bor. Klublardan ham, terma jamoalardan ham. O'zbekistondan kelgan taklif esa ustuvor emas.
Lekin darhol aytaman, men manba bilan yaqindan tanish emasman. Hurmat bilan ushbu qo'shimchani kiritib o'tishim kerak. Hozircha Evropadagi hamkasblarim menga Italiya klublaridan birida Bentuga qiziqish borligini tasdiqlashdi. Lekin qiziqish so'zda va konkret bir taklif darajasida emas.
Kutamiz", – deyiladi xabarda.
Avvalroq O'zbekiston MTJ bosh murabbiyi Timur Kapadze portugaliyalik hamkasbi Paulu Bentu haqida fikr bildirgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Футбол юлдузлари Рождество байрамини қандай нишонламоқда?
Нималар қиляпсан, "Астон Вилла"?! Эмери жамоаси "Челси" майдонида ҳам ғалабага эришди
"Аркадаг" кетма-кет учинчи марта Туркманистон Кубогини қўлга киритди
Fikrlar