"Qayrat" – "Real" uchrashuviga 4-5 ming sayyoh kelishi kutilmoqda
02 sen 18:33
Yangiliklar
"Qayrat" – "Real" uchrashuviga 4-5 ming sayyoh kelishi kutilmoqda
Qozog'iston Chempionlar Ligasiga yo'llanmani qo'lga kiritgan Olmaotalik "Qayrat" va Ispaniyaning "Real" jamoasi o'rtasidagi o'yinga 4-5 ming turist tashrif buyuradi.
Bu haqda Qozog'iston turizm va sport vaziri Erbol Mirzabosinov parlamentning ikki palatasi yig'ilishidan so'ng malum qildi.
"Real" bilan o'yin uchun UEFA kvotalari bor. Biz 4-5 mingga yaqin sayyohni kutmoqdamiz", – dedi vazir.
"Qayrat" – "Real" bahsi 30 sentyabr kuni bo'lib o'tadi. "Qayrat" ilk bor Chempionlar Ligasining asosiy bosqichida ishtirok etadi. Qozog'iston jamoalaridan faqat "Ostona" 2015 yilda buni uddalagan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar