"Barselona" himoyachisi jarohati sabab 3 hafta maydonga tusha olmaydi
04 sen 16:59
Yangiliklar
"Barselona" himoyachisi jarohati sabab 3 hafta maydonga tusha olmaydi
"Barselona" himoyachisi Alexandro Balde taxminan 3 haftaga safdan chiqdi.
Bu haqda "Diario Sport" xabar berdi. Oldinroq Kataloniya klubi matbuot xizmati 21 yoshli futbolchining mashg'ulot vaqtida son qismidan jarohat olgani haqida xabar bergandi.

Keyingi 3 hafta ichida "Barselona"ning La Ligadagi raqiblari "Valensiya", "Xetafe" va "Real Ovedo" bo'ladi. "Ko'k-anorranglilar" 18 sentyabr kuni Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 1-turi doirasida "Nyukasl" bilan ham o'ynaydi.
Uch o'yin natijasiga ko'ra, "Barselona" 7 ochko bilan Ispaniya chempionati turnir jadvalida 4-o'rinda bormoqda. Balde kataloniyaliklarning yangi mavsumdagi barcha uchta boshlang'ich o'yinida asosiy tarkibda maydonga tushdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar