"Fulxem" "Bavariya" futbolchisini ijaraga oldi
04 sen 17:54
Yangiliklar
"Fulxem" "Bavariya" futbolchisini ijaraga oldi
Myunxenliklar hujumchisi Jona Kusi-Asare ijara asosida "Fulxem"da o'ynaydi.
Kusi-Asare 2024 yilning fevralida AIKdan "Bavariya"ga kelib qo'shilgan va 2024 yilning dekabrida asosiy jamoada debyut qilgan.
Kusi-Asare "Bavariya" bilan mavsumoldi mashg'ulotidan so'ng yozgi transfer oynasi yopilishidan oldin "Fulxem"ga ijaraga jo'natildi. "Sky Sports" xabariga ko'ra, "dachachilar" 18 yoshli shveciyalikni sotib olish imkoniyatiga ega.

"Bavariya" "Chelsi"dan Nikolas Jeksonni ijaraga olganidan so'ng Kusi-Asareni qo'yib yuborishga rozi bo'ldi.
"Fulxem"ga qo'shilganimdan juda xursandman. Bu ajoyib muxlislarga ega ajoyib klub. Jamoadoshlarim bilan birga o'ynashni intizorlik bilan kutaman", – dedi Kusi-Asare.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar