Timur Kapadze: "Muxlislar nega kam? Ushbu savolga biz ham javob qidiryapmiz. Legionerlar keyingi uchrashuvga tayyor bo'ladi"
02 sen 23:17
Yangiliklar


Timur Kapadze: "Muxlislar nega kam? Ushbu savolga biz ham javob qidiryapmiz. Legionerlar keyingi uchrashuvga tayyor bo'ladi"
"G'alaba bilan barchani tabriklayman. Yaxshi o'yin bo'ldi. Kurashlarga boy. Futbolchilarga ham alohida rahmat aytaman" - dedi Timur Kapadze bahs yakunlangach.
Igor Sergeev:
"Bosh murrabiyimizning gaplariga qo'shilaman. O'yinni nazorat qildik, ammo chetlatishdan so'ng biroz qiyin bo'lib qoldi. Keying uchrashuvda imkon qadar ko'proq gol urishga harakat qilammiz"
- JCHga chiqqan jamoaning o'yinlarini tomosha qilishga kam muxlis kelayotganinga nima sabab?
- Bilmadim. Yaxshi savol beryapsiz, ushbu savolga biz ham javob izlayapmiz. Yangi stadion bo'lgani sabablidir. Shahardan biroz chetroqda joylashgani uchun, jamoat transporti ham bunga sabab bo'lishi mumkin. Yaxshi stadion barpo etildi. Kelgan muxlislarga rahmat aytaman.
- Bugungi uchrashuvda kamroq o'yin amaliyotiga ega bo'layotgan futbolchilar maydonga tushirildi. Qirg'iz Respublikasiga qarshi kechadigan keyingi uchrashuvda terma jamoamiz ko'proq gol urishi kerak. Keyingi bahsda asosiy tarkib maydonga tushadimi yoki Vladimir Nazarov va Avazbek O'lmasaliev kabi terma jamoa safiga endi chaqirilayotgan futbolchilarga imkoniyat beriladimi?
- Legionerlar keyingi uchrashuvga tayyor bo'ladi. Shomurodov va Fayzullaev yaqinda etib kelishdi. Keyingi bahsda legionerlar maydonga tushishi mumkin. O'zi yig'in davomida yarim jamoani tiklash bilan ovora bo'ldik. Bugun yangi futbolchilarga imkoniyat berdik va ko'rib chiqdik. Shunisi yaxshi bo'ldi. Bunday o'yinlar futbolchilarni sinab olish uchun kerak.
- Birinchi bo'lim va ikkinchi bo'limdagi taktik o'zgarishlar haqida gapirib o'tsangiz...
- Reja bor edi va biz sxemani o'zgartirdik. Birinchi bo'limni ham yaxshi o'tkazdik. Ikkinchi bo'limda esa o'yinni kuchaytirish uchun yangi futbolchilarni maydonga tushirdik. Qizil kartochka o'z so'zini aytdi. Penalti berilgan vaziyatda "aqlliroq" o'ynashimiz ham mumkin edi. Umuman olganda, ikki bo'limga ham reja tayyorlab qo'ygandik.
- Igor Sergeevga savol. Bugun MTJ safidagi 23 golingizni kiritdingiz. Shuningdek, terma jamoa safida to'rtinchi "dubl"ni qayd etdingiz. 2015 yil Fillipinga qarshi, 2020 yil BAAga qarshi, 2022 yil Qirg'izistonga qarshi va bugungi uchrashuv. Igor Sergeevga terma jamoa safida "dubl" qayd etish, bir dona gol urishdan osonroqmi? (hazil tariqasida)
- Bu haqda o'ylamaganman. Terma jamoa uchun gol urish har doim yoqimli. Bitta golmi yoki ikkita, umuman farqi yo'q. MTJda gol urish degan maqsadim ham yo'q. Terma jamoaga ko'proq foydam tegsin deyman, agar bir vaziyatda pas berganim yaxshiroq bo'lsa, o'ylab o'tirmay pas beraman, o'zim zarba berishdan ko'ra. Bu haqda o'ylamayman, bitta golmi yoki ikkita. Bosh murabbiy ko'rsatmasini bajaraman, agar bosh murabbiy himoyachilarni o'zimga tortib, yarim himoyachilarga zona ochib berishimni so'rasa, shunday qilaman. Terma jamoa uchun gol urish yoqimli, o'rtoqlik o'yinidami yoki rasmiy uchrashuvda farqi yo'q.
- Otabek Shukurovning ayni damdagi jismoniy holati qanday?
- Shukurov deyarli tiklanib bo'ldi. U jamoaviy mashg'ulotlarga qo'shilgan. Shu sababli bugun 20-30 daqiqa o'ynatdik.
- Aziz G'anievni uzoq tanaffusdan so'ng yana maydonda ko'ramizmi?
- Aziz ham terma jamoa safiga yaqinda etib keldi. Uni ham 10-15 daqiqaga maydonga tushirmoqchi edik. Boshqa futbolchilar ham jarohatdan keyin safimizga etib kelishdi. Aliqulovda va Mozgovoyda ham kichik jarohatlar bor. Keyingi uchrashuvga tarkibimiz tayyor bo'ladi. O'yinni ham ko'rib, tahlil qilib chiqamiz. Aziz asosiy tarkibda boshlaydimi yoki zaxiradan o'yinga qo'shiladimi, aniq bilmadim. Buni vaqt ko'rsatadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Аркадағ – Андижон 1:2
Ўзбекистон МТЖ билан Андижон ФКни кучини таққослаш имкони бўлади бизда)))