Manba: Paulu Bentu Misrda ishlashi mumkin
04 sen 16:30
Yangiliklar
Manba: Paulu Bentu Misrda ishlashi mumkin
Misrning 45 karra chempioni "Al Ahli" mutaxassis bilan bog'lanmoqda.
"O Jogo" nashrining xabar berishicha, kuni kecha O'zbekiston taklifiga rad javobini bergan portugaliyalik mutaxassis "Al Ahli" short-listidan o'rin olgan.
Misr klubi ispaniyalik Xose Riveyroni ishdan bo'shatgach, Portugaliya bozorini o'rganmoqda. Ular yaqin kunlarda Bentu bilan aloqaga chiqadi. Shuningdek, ro'yxatda yaqinda "Fenerbaxche"ni tark etgan Joze Mourinyu ham bor.
Eslatib o'tamiz, Birlashgan Arab Amirliklaridagi lavozimidan ozod etilgan Paulu Bentu JCH-2026ga yo'l olgan O'zbekistondan taklif olgan va hatto O'zbekistonga kelib, associaciya mutasaddilari bilan muzokaralar olib borgan, biroq yakunda taklif qilingan shartlar murabbiyga maqul kelmagan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar