Ramosga Janubiy Amerikadan taklif kelib tushdi
11 sen 2024 00:55
Yangiliklar
Ramosga Janubiy Amerikadan taklif kelib tushdi
Ispaniya terma jamoasi sobiq himoyachisi Serxio Ramos Braziliyaning "Vasko da Gama" klubiga o'tishi mumkin.
Himoyachi bugungi kunda klubsiz.
Braziliyalik sobiq futbolchi Edmundoning so'zlariga ko'ra, klub futbolchining agenti bilan aloqaga chiqqan. Tomonlar shartnomaning tafsilotlarini muhokama qilgan. "Vasko da Gama" vakillari futbolchining maoshi bo'yicha bosh qotirmoqda, klub himoyachining narxini qimmat deb hisoblamoqda.
Avvalroq Serxio Saudiya Arabistoni klubi bilan shartnoma imzolashga yaqin ekani haqida xabarlar tarqalgandi.
Ramosning so'nggi klubi Ispaniyaning "Sevilya"si bo'lgan. Mudofaa chizig'i vakili o'tgan mavsum klub tarkibida 37 o'yinda qatnashib, 7 ta gol urgan va 1 ta golga pas uzatgan.
O’xshash yangiliklar
13:13
Ferran Torres Ispaniya terma jamoasidagi 23-golini urdi va Ramos hamda Di Stefanoga etib oldi 3
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar