Ramos, Pike, Inesta hamda Silva Tokiodagi Olimpiadada qatnashishi mumkin
29 jan 2020 20:15
Yangiliklar
Ramos, Pike, Inesta hamda Silva Tokiodagi Olimpiadada qatnashishi mumkin
Yarim himoyachilar Andres Inesta va David Silva, shuningdek, himoyachilar Jerar Pike hamda Serxio Ramos Tokio-2020 Olimpiadasida Ispaniya sharafini himoya qilishi mumkin bo'lgan futbolchilar qatoridan joy oldi.
Ispan nashri xabariga ko'ra, U-23 jamoasi ustozi Luis De La Fuente allaqachon Olimpiadada ishtirok etuvchi o'yinchilar ro'yxatini tuzib rahbariyatga yuborgan. Qaydnomadan kimlar o'rin olgani esa oshkor qilinmagan.
Eslatib o'tamiz, Olimpiadaning futbol bahslarida terma jamoalar 23 yoshdan katta bo'lgan uch o'yinchini tarkibga jalb qilish imkoniyatiga ega.
Avvalroq, Ramos Tokiodagi nufuzli musobaqada qatnashish istagi borligini aytgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar