Rakitich: “Tavakkal qilishga tayyorman”
01 may 2020 07:46
Yangiliklar
Rakitich: “Tavakkal qilishga tayyorman”
“Barselona” yarim himoyachisi koronavirus xavfiga qaramay maydonga qaytishga tayyorligini bildirdi.
“O'ynashni xohlayman. Kafolat hech qachon 100 foiz berilmaydi. Hatto o'sha supermarket xodimlari ham koronavirus yuqtirib olishi mumkin. Ular malum bir tavakkalga qo'l urmoqda. Men ham bunday tavakkal qilishga tayyorman. Muxlislar va futbolchilar tezroq maydonga qaytishni xohlamoqda. Biz ular oldida qarzimiz borligini his qilyapmiz”, — deydi Rakitich.
Ushbu mavsumda 32 yoshli futbolchi barcha musobaqalar doirasida 31 o'yinda 4 golli pasni amalga oshirdi.
Fikrlar