So’nggi yangiliklar

21:25Микель Артета "Ливерпул"га қарши ўйин ҳақида: "Орамиздаги фарқ унча катта эмас, "Арсенал"нинг исботлайдиган нарсалари бор"  0 21:15"Реал" билан ўйиндан аввал Гризман машғулотга чиқмади!  0 20:55Флетчер МЮни бошқариш таклифи берилгани ҳақида: "Хаёлимга келган биринчи нарса Фергюсон билан гаплашиш эди"  2 20:55Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик  90 20:25Opta "Арсенал"нинг АПЛ чемпионлигини қўлга киритиш эҳтимоллигини ҳисоблаб чиқди  1 19:52ФОТОГАЛЕРЕЯ. "Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  3 19:44"Локомотив" икки иқтидор билан шартномани узайтирди: Улар 2029 йилгача "темирйўлчи" бўлиб қолишади  1 18:59Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон жой олган гуруҳда Жанубий Корея ва Эрон муроса кўчасини танлади  5 18:49"Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  3 18:30Испания Кубоги 1/8 финалига қуръа ташланди  1 17:44"Хоразм" сербиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  2 17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  9 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  3 16:17Абдуқодир Ҳусанов сайёранинг энг тезкор 10 нафар футболчиси қаторига кирадими?  2 15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   19

Rahimjon Davronov: “Ajoyib muhit bo'ladi. Shu tomonlama menga qiziq va yoqimli bo'lyapti” Yangiliklar

Rahimjon Davronov: “Ajoyib muhit bo'ladi. Shu tomonlama menga qiziq va yoqimli bo'lyapti”

“Andijon”ga yangi taklif qilingan va shartnoma imzolagan futbolchilardan yana biri - Rahimjon Davronov bo'lib, tajribali posbon “Burgutlar” bilan birga joriy yilgi mavsum uchun tayyorgarlikka kirishdi.

O'z navbatida klub matbuot xizmati Davronovdan "Burgutlar" azosi sifatidagi ilk intervyusini oldi. 

- “Andijon” bilan shartnoma imzoladingiz va dastlabki taassurotlar qanday?

- Taassurotlar alo darajada. “Andijon” jamoasiga o'tganimdan xursandman. Avvalambor, menga yoqqan tomoni muxlislaridir. Ajoyib muhit bo'ladi. Shu tomonlama menga qiziq va yoqimli bo'lyapti. Tezroq chempionat boshlanishini xohlayapman. 

- Darvozabon uchun asosiy narsa nima, deb o'ylaysiz?

- Psixologiya. O'yin paytida qanaqa natija bo'lishidan qatiy nazar darvozabon birinchi navbatda o'zini yo'qotib qo'ymasligi kerak. Gol o'tkazsa ham hech qachon “sinib” qolmasligi lozim. Agar goldan keyin “sinib” qolsa yana gollar o'tkazaveradi. Shuning uchun o'ziga ishonch juda muhim. Ana shunda jamoadoshlari balki ikkita gol urib ketishi mumkin. Shu bois darvozabon uchun eng kerakligi psixologiya.

- “Andijon”dan taklif bo'lishini kutganmidingiz?

- To'g'risini aytsam, 2-3 ta variantlarim bor edi. Eng avvalo, “Lokomotiv” meni olib qolishni xohladi. “Andijon”dan taklif tushgach, birinchi o'ylaganim muxlislar va atmosfera bo'ldi. U erdagi ajoyib muhitda o'ynashni xohladim. Samvel Vyacheslavovich qo'ng'iroq qildi. Rahbariyat bilan gaplashib oldik. Har doim Samvel Babayan boshqargan jamoada katta maqsad bo'ladi. Shuning uchun ham ushbu variantni tanladim.  

- Yangi mavsumdagi intriga juda kuchli bo'ladi. “Andijon” ham tarkibini sezilarli darajada kuchaytiryapti. Xo'sh, bu yilgi chempionatdan nima kutyapsiz?

- Har bir inson oldiga katta maqsad qo'yadi. Tarkibdan kelib chiqib qaralsa, albatta vazifa yuqori. Rahbariyat ham oldimizga kerakli maqsadlarni qo'yishgan. O'ylaymanki, bunday tarkib va sharoit bilan bemalol vazifani bajarsa bo'ladi. 

- Muxlislarning jamoadan umidi katta. Ular uchun nima deya olasiz?

- Ishqibozlarga gap bo'lishi mumkin emas. Oldin bu erda o'ynamagan bo'lsam ham ijtimoiy tarmoqlarda ko'rib turamizki, bunday qo'llab-quvvatlovdan keyin ularni ham, o'zimizni ham orzuyimizni amalga oshira olamiz.

Reyting: +3   

Fikrlar

   
06 jan 12:52:34
Akbar Umarov
Menimcha Futbolchilarni saviyasidan kelib chiqib real fikr aytsam Andijon bunday tarkib bilan bemalol uzagi 3-5 orinlar uchun kurashsa boladi
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика