So’nggi yangiliklar

18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  2 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  2 16:43"Олтин тўп"нинг 2 карра соҳиби оғир касалликка чалинди  6 16:18"Андижон"да сербиялик мураббий иш бошлади  1 15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0 15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1 15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  13 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  0 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  6 14:00Балотелли фаолиятини БААда давом эттиради  0 13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  2 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  1 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  12 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  4

Timur Kapadze: "O'ylaymanki, "Navbahor"da moliyaviy muammolar bo'lmaydi" Yangiliklar

Timur Kapadze: "O'ylaymanki, "Navbahor"da moliyaviy muammolar bo'lmaydi"

Namanganning "Navbahor" jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlikni jadal davom ettirmoqda.

Jamoa bosh murabbiyi Timur Kapadze yig'in jarayoni, selekciya ishlari, moliyaviy barqarorlik hamda O'zbekiston milliy terma jamoasining tayyorgarlik rejalari xususida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

— Bu ikkinchi yig'in. Yangi yilgacha dastlabki mashg'ulotlarni olib borgan edik. Eng muhimi, barcha futbolchilar sog'-salomat. Albatta, bu holat xursand qiladi. Oldimizda qiziqarli chempionat kutmoqda. 14 yanvardan Turkiyada yig'inni davom ettiramiz. Hozir futbolchilarning jismoniy holatini tiklashga etibor qaratyapmiz. Yaxshi tayyorgarlik ko'ramiz.

— Barcha jamoalar selekciya ishlari bilan band. "Navbahor" tarkibi qay darajada shakllandi?

— Tarkibimiz ancha shakllandi, kerakli futbolchilarni jalb qildik. Hozircha yana izlanyapmiz. Legionerlar ham, mahalliy futbolchilar ham ko'rib chiqilmoqda. Umuman olganda, jamoa o'zagi shakllangan. Taktik ishlanmalar va jismoniy holat bo'yicha ham munosib tayyorgarlik olib boramiz.

— "Navbahor"da kutilmagan moliyaviy muammolar bo'lishi mumkin, degan gaplar bor. Bu masalada rahbariyat bilan gaplashdingizmi?

— O'ylaymanki, bunday bo'lmaydi. Rahbariyat bilan gaplashganmiz. Namanganda futbolni qanchalik yaxshi ko'rishlarini bilamiz. Klubning o'ziga yarasha tarixi bor, muxlislari ham O'zbekistondagi eng yaxshilardan biri. Shu bois bunday muammolar bo'lmaydi, deb ishonaman. Oldimizga qo'yilgan vazifani bajarishda rahbariyat to'liq qo'llab-quvvatlaydi.

— O'zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionatiga yaxshi tayyorgarlik ko'rish maqsadida may oyining dastlabki sanalarida yig'inni boshlaydi. Agar terma jamoada siz yoki mahalliy murabbiy bo'lganida ham bunday imkoniyat yuzaga kelarmidi?

— Bu savolga aniq javob berish qiyin. Oldimizda Jahon chempionati turibdi. Bu juda muhim musobaqa — 34 yil deganda mundialga chiqdik. Murabbiylar shunday reja tuzishgan va O'FA buni qo'llab-quvvatlagan. Albatta, chempionat uchun biroz noqulaylik tug'dirishi mumkin, chunki tanaffus bo'ladi. Ammo terma jamoa har doim ustuvor hisoblangan. Muhimi, bu qaror foydaga ishlasin. Biz muxlis sifatida qo'llab-quvvatlaymiz va yaxshi natija kutamiz.


Reyting: +6   

Fikrlar

+5   
07 jan 16:30:22
Job Ir
Sho‘rchidan foydalanuvchining fikriga javob berish
Kopadze sen shunchaki o‘zimizni soqqaxo‘r, byudjetxo‘r, bir tiyinlik trenerlardan biri bo‘lyapsan xolos. Yangicha qarash, o‘zgacha uslub, zamonaviy taktikalar ko‘rinmaydi senda. Yana shovqining dunyoni buzguday. Sangapur ham quruq piar ekan. Amalda hech narsa yo‘q.
Омад тилаш шунчалар кийинми
+3   
07 jan 17:26:15
MuhlisUz
Фарход foydalanuvchining fikriga javob berish
Нимагадир Навбахорда куп бора молиявий кийинчиликлар булади, сабаб нима? Бошка клубларда хам булиб туради, Ленин Навбахорда постоянно шундай, охири мураббий айбдор булади .
Доимий ва бақувват хомийси йўқлигида, молияси асосан тадбиркорлардан ва бюжетникларнинг маошидан ажратмалар... Шунга қарамай таркибни қиммат йиғади...
+3   
07 jan 16:07:57
Фарход
Нимагадир Навбахорда куп бора молиявий кийинчиликлар булади, сабаб нима? Бошка клубларда хам булиб туради, Ленин Навбахорда постоянно шундай, охири мураббий айбдор булади .
+2   
07 jan 19:48:09
Фарход
MuhlisUz foydalanuvchining fikriga javob berish
Доимий ва бақувват хомийси йўқлигида, молияси асосан тадбиркорлардан ва бюжетникларнинг маошидан ажратмалар... Шунга қарамай таркибни қиммат йиғади...
Тушунарли Дуст, хамма жойда хурруз бир хил кичкиради. Бизнинг Динамо Самарканд--да хам, хар замон шундай буларди, Худога шукур мана 3 йилдан буён бош Хомий АгроМир компанияси асосан молиялаштирабяпти Барака топсинлар, натижа куриб турганинг дек ёмонмас, Илохим Навбахор клубига хам бирор бакувватрок бош Хомий топилиб, маблагда муаммо булмасин бундан буёгига
+2   
07 jan 18:17:08
Адхамжон Низамов
Sho‘rchidan foydalanuvchining fikriga javob berish
Kopadze sen shunchaki o‘zimizni soqqaxo‘r, byudjetxo‘r, bir tiyinlik trenerlardan biri bo‘lyapsan xolos. Yangicha qarash, o‘zgacha uslub, zamonaviy taktikalar ko‘rinmaydi senda. Yana shovqining dunyoni buzguday. Sangapur ham quruq piar ekan. Amalda hech narsa yo‘q.
Сен кимсанки,фикринг ватан хоинини фикрига ухшайди.Узбек булмай хар бало бул.Копадзе месхети турк булса хам,Узбекистон фукароси сифатида Узбекистон учун буюк ишларни килди.Сен нима килдинг,узинга ва худога аён.
+2   
07 jan 15:22:51
STENLESS..R
Навбахорни бу йил олтин медаль олиши кийинов лекин Андижон хам бор кискаси медалдан учун Нефтчи Пахтакор Насаф Динамо Навбахор Андижон кураш олиб борса керак
+1   
08 jan 03:28:22
Анвар Кабулов
Фарход foydalanuvchining fikriga javob berish
Нимагадир Навбахорда куп бора молиявий кийинчиликлар булади, сабаб нима? Бошка клубларда хам булиб туради, Ленин Навбахорда постоянно шундай, охири мураббий айбдор булади .
Ўғирлик кўп!
+1   
07 jan 17:59:05
AVAZ DEDABAEV
Sho‘rchidan foydalanuvchining fikriga javob berish
Kopadze sen shunchaki o‘zimizni soqqaxo‘r, byudjetxo‘r, bir tiyinlik trenerlardan biri bo‘lyapsan xolos. Yangicha qarash, o‘zgacha uslub, zamonaviy taktikalar ko‘rinmaydi senda. Yana shovqining dunyoni buzguday. Sangapur ham quruq piar ekan. Amalda hech narsa yo‘q.
Сени купдан бери фикринг укиб келаман бир пасткаш манкурк инсонга ухшайсан
+1   
07 jan 17:05:24
Akbar Umarov
Agarda klubda rostakamiga moliyaviy muammolar real paydo boladigan bolsa unda klub maqadi Xorijda yeg'inlar tashkil qilib. Korpanga qarab ayaq uzat deb bejizga aytmaydilarda dono halqimiz azal azallardan
+1   
07 jan 17:02:38
Nurmuhammad Abdullaev
Sho‘rchidan foydalanuvchining fikriga javob berish
Kopadze sen shunchaki o‘zimizni soqqaxo‘r, byudjetxo‘r, bir tiyinlik trenerlardan biri bo‘lyapsan xolos. Yangicha qarash, o‘zgacha uslub, zamonaviy taktikalar ko‘rinmaydi senda. Yana shovqining dunyoni buzguday. Sangapur ham quruq piar ekan. Amalda hech narsa yo‘q.
E bich sasima. sendan oʻlansani xidi kelyapti shakal. Qoʻlindan poʻqtiyam ishi kemasligi shu 2 ogʻiz gapingdan malum dalbayop
+1   
07 jan 17:01:54
Tolqinjon Aliyev
ИСПАНИЯ СУПЕР КУБОК УЧРАШУВЛАРИНИ ЗУР ТВ ДА БЕРАДИ. УЙИН БУГУН КЕЧАСИ 24 ДА БУЛАДИ.
+1   
07 jan 17:00:52
Akbar Umarov
Guruxdan chala prof komandalar Nasaf, Andijonlar chiqolmadi denglar. Paxtakor doimo, imkon qadar ijobiy oynab keldiku
+1   
07 jan 16:46:02
Дильшод
Sho‘rchidan foydalanuvchining fikriga javob berish
Kopadze sen shunchaki o‘zimizni soqqaxo‘r, byudjetxo‘r, bir tiyinlik trenerlardan biri bo‘lyapsan xolos. Yangicha qarash, o‘zgacha uslub, zamonaviy taktikalar ko‘rinmaydi senda. Yana shovqining dunyoni buzguday. Sangapur ham quruq piar ekan. Amalda hech narsa yo‘q.
Сан узинг кимсан??? Тимур ку Узбекистонда хизмат курсатган, бутин дуне таниган, Узбекистонни биринчи Олимпиада ва Жахон чемпионатига олиб чиккан, Жахон мураббийлар топ рейтингида кучли 10 таликка кирган МУРАББИЙ хакида алжиравоссан. Сан чи сан узинг кимсан??? Этардиму тагин узимни босдимде, арзимисан.
+1   
07 jan 16:43:41
Akbar Umarov
Mablaglar bilan bog'liq muammolar faqat Paxtakor PFCdagina deyarli bolmasa kerak. Qolgan klublarda oldindan moliyaviy muammolar bolib kelgan
+1   
07 jan 15:36:41
Абдураҳим Албеков
Ассалому алайкум акалар, Барсани ва Атлетикни ЗЎР ТВдан олиб беришмасмикан ким билади айтиворинглар илтимос.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика