Toni Pulis: "Agar imkoniyat berilsa, Fletcher MYU uchun eng yaxshi murabbiy bo'lishi mumkin"
07 jan 16:45
Yangiliklar
Toni Pulis: "Agar imkoniyat berilsa, Fletcher MYU uchun eng yaxshi murabbiy bo'lishi mumkin"
APL klublarining sobiq ustozi Toni Pulis Darren Fletcherning "Manchester Yunayted" boshqaruvida qolishiga umid qilmoqda.
Fletcher Ruben Amorim istefoga chiqarilganidan so'ng bosh murabbiy vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. Avvalroq mavsum yakuniga qadar vaqtinchalik murabbiy roliga Ole-Gunnar Sulsher va Maykl Kerrik nomzodlari ko'rib chiqilayotgani haqida xabar berilgan edi.
"Ishonamanki, agar vaqt va imkoniyat berilsa, Fletcher doimiy murabbiylik uchun eng yaxshi nomzod bo'la oladi. Faqat "Yunayted" unga o'z salohiyatini ko'rsatishi uchun halol imkoniyat berishi kerak. U suyagigacha MYUga bog'langan, shuning uchun oldida qanday vazifa turganini yaxshi biladi va qiyin qarorlar qabul qilishdan qo'rqmaydi.
Ko'p yillar oldin "Old Trafford"ga boshqa bir yosh shotlandiyalik kelgandi. Ser Aleks Fergyusonni qo'llab-quvvatlashgan, chunki klubdagilar unga ishonishgan. Fletcher ham vaqt o'tishi bilan "Yunayted" muxlislari kutgan o'sha insonga aylanishi mumkin.
Liam Rossenorning "Chelsi"ga tayinlanganidan xursand bo'ldim, chunki Premer-ligaga ko'proq britanlik murabbiylar kerak. U top-klubni boshqarmoqda, bugungi kunda britanlar bilan bunday holat kam kuzatiladi. Umid qilamanki, Fletcherda ham "Yunayted"da shunday imkoniyat bo'ladi", — dedi Pulis.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar