So’nggi yangiliklar

23:59"Арсенал" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  1 23:10"Хоразм" ўтган мавсум Суперлигада тўлиқ ўйнаган ягона ўйинчини ўз сафига қўшиб олди  1 22:47"Атлетико" — "Реал". Таркиблар маълум  14 22:28ПСЖ — "Марсель". Франция Суперкубоги ўйини учун таркиблар маълум  0 22:09БАА Про лигаси. "Дибба" ўз уйида "Хорфаккан"дан устун келди, Абдуллаев баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:39"Ювентус" октябрь ойида ишдан бўшатилган Тудор билан шартномани бекор қилди. Мураббий бошқа клубни бошқариши мумкин, аммо А Сериянинг эмас  0 20:54"Тоттенхэм" "Вулверхэмптон" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  0 20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  1 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  2 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  9 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  2 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  7 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  6 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  7

"Real" bilan o'yindan avval Grizman mashg'ulotga chiqmadi! Yangiliklar

"Real" bilan o'yindan avval Grizman mashg'ulotga chiqmadi!

Teglar :  Atletiko
Ayni paytda Saudiya Arabistonining Jidda shahrida "Atletiko" Madrid jamoasi ishtirokida rasmiy tadbirlar bo'lib o'tdi.

Matbuot anjumanida Diego Simeonega jamoa sardori Koke hamroxlik qildi.

Diego Simeone va Koke "Real"ga qarshi ertangi bahs oldidan nimalar dedi?


"Barchaga xayrli kech. Men har doim "derbi"larda o'ynashni istayman. Ertaga yana bir yarim final. Maqsadimiz finalga yo'l olish. To'g'ri, "Real"ga qarshi ko'p o'ynaganman, bu haqda siz ham aytib o'tdingiz, ammo hech qachon motivaciyam so'nmagan. Ertaga "Real"ni mag'lub etish uchun jonimizni ham berishga tayyormiz. Mbappe ertangi uchrashuvni o'tkazib yuborishi ko'p narsani o'zgartirmaydi. To'g'ri, u dunyoning eng kuchli futbolchilaridan biri, ammo raqib tarkibida yo'qori darajali futbolchilar ko'p.

Alvarez qanday darajadagi futbolchi ekanligini namoyish etib bo'lgan. Umid qilamanki, ertaga u "Metropolitano"dagi ishini takrorlaydi. Jarima zarbasi va ajoyib gol", , - deya fikr bildirdi Koke ertangi bahsdan oldin.

"Alvarez haqida yana va yana takror gapirishni istamayman. Xulian - ajoyib futbolchi, ayrim vaziyatlarni uni tariflashning hojati ham yo'q.

Bariosning o'yini Almadaniki bilan bir xil demagan bo'lardim. Ular bir poziciya uchun kurashishmaydi. Ustiga-ustak Lorente, Kardozo va Konor ham shu erda.

"Real"ga qarshi har bir o'yinimiz avvalgilaridan farqli bo'lishi aniq. Men har bir derbi boshqacha kechishiga ishonaman va shunga tayyorgarlik ko'raman. "Metropolitano"da o'tkazgan o'yinimiz ertangi bahs bilan bog'lamagan bo'lardim", - deya fikr bildirdi Diego Simeone ertangi bahsdan oldin.

Shundan keyin OAV uchun mashg'ulotlarni yoritish uchun eshiklar ochildi. Bosh murabbiy jurnalistlar uchun ajratilgan daqiqalarda ko'rinish bermadi. Yordamchilari chigal yozdi mashg'ulotlarni o'tkazdilar. Shuningdek, biz kutgan Antuan Grizman ham maydonga chiqmadi. Jurnalistlar arenani tark etganlaridan keyin Madrid yulduzi chiqqan mashg'ulot o'tkazgan bo'lishi mumkin.

Men esa Sizlarga tadbirdan eksklyuziv foto kadrlarni taqdim qilaman.


Reyting:    

Fikrlar

   
08 jan 15:33:40
Doktor D
Натижа учун хеч нарсадан кайтмайдиган мураббий ва команда булар шунинг учунам жуда кийин уйин булади реал учун омад
   
07 jan 22:22:38
Haqiqat-2
Нодирхўжа, аввало, суратлар учун раҳмат. Лекин қўлиз анча чиқиб қолибди фотоаппарат ишлатишдан! Негадир соя борми ва қоронғи хонадан олингандек чиқибди
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика