Opta "Arsenal"ning APL chempionligini qo'lga kiritish ehtimolligini hisoblab chiqdi
07 jan 20:25
Yangiliklar
Opta "Arsenal"ning APL chempionligini qo'lga kiritish ehtimolligini hisoblab chiqdi
Opta "Arsenal"ni 2025/26-yilgi mavsumda APLning so'zsiz favoriti deb baholamoqda. Mikel Arteta jamoasi 20 turda 48 ochko to'plab, turnir jadvalida birinchi o'rinni egallab turibdi. Ular ikkinchi va uchinchi o'rinlarni egallab turgan "Manchester Siti" va "Aston Villa"dan 6 ochko oldinda. Opta Superkompyuteri "Arsenal"ning APLda g'alaba qozonish imkoniyatini 84,8% deb baholamoqda - 18-turdan so'ng "to'pchilar"ning chempion bo'lish ehtimolligi 65,63% edi.
"Man Siti"ning chempionlikka erishish imkoniyati 10,9 foizgacha pasaydi, "Aston Villa"ning g'olib chiqish ehtimoli 4,2 foizni, "Liverpul" va "Chelsi"niki esa 0,1 foizni tashkil etmoqda.
Opta malumotlariga ko'ra, APLning qolgan jamoalarining birinchi o'rinni egallash imkoniyati yo'q.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar