"Lokomotiv" ikki iqtidor bilan shartnomani uzaytirdi: Ular 2029 yilgacha "temiryo'lchi" bo'lib qolishadi
07 jan 19:44
Yangiliklar
"Lokomotiv" ikki iqtidor bilan shartnomani uzaytirdi: Ular 2029 yilgacha "temiryo'lchi" bo'lib qolishadi
Toshkentning "Lokomotiv" klubi rahbariyati jamoaning eng istiqbolli futbolchilari hisoblangan Shodiyor Shodiboev va Ozodbek O'ktamov bilan amaldagi shartnomani uzaytirishga qaror qildi.
Yangi imzolangan kelishuvga ko'ra, 19 yoshli har ikki futbolchi 2029 yil yakuniga qadar "Lokomotiv" sharafini himoya qiladi. Bu bilan klub o'z iqtidorlarini boshqa jamoalarga qo'yib yubormaslik va ular atrofida yangi jamoa shakllantirish niyatida ekanini ko'rsatdi.
"Temiryo'lchilar" matbuot xizmati ushbu transferni "Ular yana to'rt yil biz bilan birga" shiori ostida elon qildi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar