So’nggi yangiliklar

23:24Камолиддин Тожиев : "Охиригача курашиб, муҳим уч очкони қўлга киритдик"  0 23:08Февзи Давлетов: "Ғалаба қозониш учун гол уриш керак, биз эса уч ўйиндан буён гол ура олмаяпмиз"  2 23:00"Насаф" бош мураббийи Рўзиқул Бердиев: "Бугун савия ва даража ўз сўзини айтди"  14 22:47"Ал Ҳилол" бош мураббийи Симоне Инзаги: "Икки бор тўп ўтказиб юборган бўлсак-да, якунда ғалабага эришдик"  13 22:27Ҳакамлар маркази "Пахтакор" - "Сурхон" ўйинидаги баҳсли вазият бўйча изоҳ берди  0 22:01УЕФА Исроилни четлатишга тайёр, аммо...  10 21:02Суперлига. Сергеевнинг ягона голи "Пахтакор"га "Сурхон" устидан қийин ғалабани келтирди  62 20:43Элит ОЧЛ. "Насаф" ўз майдонидаги жанговар ўйинда "Ал Ҳилол"га ютқазди  298 20:10Суперлига. "Динамо" ўз уйида "Шўртан"дан устун келди  12 19:50Моуринью ЕЧЛнинг янги формати ҳақида: "Ўзингиз рўбарў келмайдиган жамоаларга ўрнингизни бўшатиб бериш ғалати"  5 19:18Испания Суперкубоги учрашувлари санаси маълум  6 18:34ФИФА пенальти қоидаларини ўзгартиришни режалаштирмоқда  7 17:24Вольтемаде: "Бирор нарса қилиб, кейин "кечирасиз" дейиш футболнинг бир қисми эмас. Менга адолатли кураш ёқади"  4 16:56Суперлига. 24-турда ишловчи ҳакамлар маълум   0 16:40Мутолаа учун. Самарадорлик бўйича Фалькао ва Жирудан қолишмаган ҳужумчи фаолиятини якунлади  0

Quvondiq Ro'ziev: “Ortda qolayotgan yil men uchun ajoyib o'tdi” Yangiliklar

Quvondiq Ro'ziev: “Ortda qolayotgan yil men uchun ajoyib o'tdi”

Ortda qolayotgan yil Quvondiq Ro'ziev uchun omadli kechdi. Bu haqda futbolchining o'zi bilan suhbatlashganimizda, uning o'zi ham takidladi.

- Bilasizi ortda qolayotgan 2015 yil men uchun juda ham omadli kechdi. “Qo'qon-1912” safida o'ynab, etarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'ldim. Qo'qonlik muxlislarning olqishiga sazovor bo'ldim. Asosiysi xalqning etiboridir. Ayniqsa g'alaba qozongan o'yinlarimizdan so'ng ko'plab ashaddiy ishqibozlarimiz tomonidan iliq fikrlarini eshitish yoqimli bo'ldi. Klub muvaffaqiyatlariga ozmi-ko'pmi o'z hissamni qo'sha oldim deb o'ylayman. SHuning uchun bemalol ayta olamanki, yakuniga etib borayotgan yildan ko'nglim to'ldi.

- Yangi yilni har galgidek oilam davrasida o'tkazaman. Yaxshi bilasiz o'zim Surxondaryolikman. Yaqinda olimpiya terma jamoamiz bilan BAAdan qaytib kelganimizdan so'ng men ham uyimga kelganman. Ayni damda ota onam va ukalarim bilan birgalikda bayramga tayyorgarlik ko'ryapmiz. Yangi yil bu – oilaviy bayram. Oddiy tarzda nishonlaymiz.

- Agarda Qorboboni uchratib qolsam, eng avvalo yurtimiz tinchligini so'rardim. SHuningdek milliy terma jamoamiz bilan jahon chempionatida ishtirok etishni istayman. Bu men uchun futbolchilikdagi eng katta orzularimdan biridir. Nasib qilsa bu niyatimga etaman.

- Fursatdan foydalanib, kirib kelayotgan 2016 yil bilan do'stlarimni, meni bilgan va tanigan insonlarni barcha-barchalarini tabriklayman. Yangi yil hammamiz uchun omadli kelishini so'rab qolaman.

Islombek Rustambekov.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика