So’nggi yangiliklar

14:44Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон U-23 Вьетнамни мағлуб этди  0 14:24ПСЖ Винисиус учун лойиҳа тайёрламоқда. Парижликлар бразилияликни текинга қўлга киритишмоқчи  1 13:22Гарсия "Реал"дан кетадими?  2 12:04"Манчестер Юнайтед" Онана бўйича қарор қабул қилди  1 11:24АПЛ клублари "Бавария" кўзлаган ўйинчини илиб кетмоқчи  0 10:49"Барселона"нинг икки нафар футболчиси турк клубига ўтиши мумкин  7 10:22Ҳиндистон Аргентина билан ўртоқлик учрашуви учун катта миқдорда пул тўлайди ва бир нечта шартлар қўяди  16 09:55"Ливерпуль" Салоҳнинг ўринбосарига 200 миллион евро тўлашга тайёр  4 09:27Флорентино Перес муддатидан аввал президентликдан кетмоқчи  17 09:00Миср терма жамоаси собиқ юлдузи кечаги учрашувдан сўнг жамоа бош мураббийини танқид қилди  29 08:32Суперлига. Бугун "Динамо" учинчи ўринга кўтарилиб олиши мумкин  9 08:05Миср терма жамоаси устози кечаги мағлубиятдан сўнг нималар деди?  25 07:39U-17 Жаҳон чемпионати. Бугун нимчорак финал йўлланмаси учун майдонга тушамиз  11 02:50ЖЧ-2026 саралаши. Хорватия жаҳон чемпионатида, Германиядан ғалаба ва бошқа натижалар  0 01:55U-17 Жаҳон чемпионатида 1/8 финалга чиққан илк иштирокчилар маълум бўлди  12

Ilyos Zeytullaev: "Maydonni bunday ajoyib holatga keltirgan insonlarga rahmat. "Qo'qon-1912"ga qarshi uchrashuvlarimiz qiziqarli bo'lmoqda" Yangiliklar

Ilyos Zeytullaev: "Maydonni bunday ajoyib holatga keltirgan insonlarga rahmat. "Qo'qon-1912"ga qarshi uchrashuvlarimiz qiziqarli bo'lmoqda"

Superliganing 23-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Bunyodkor" (2:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ilyos Zeytullaev fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Birinchi navbatda maydonni bunday ajoyib holatga keltirgan insonlarga rahmat aytaman. Men bunchalik yaxshi maysa bo'lishini kutmagandim. Bu juda yoqimli. Maysa tufayli ikki jamoa ham haqiqiy futbol ko'rsatdi yoki ko'rsatishga harakat qildi. Birinchi bo'limda yomon ko'rinmadik, o'ylagan rejamiz o'xshab turgandi. "Qo'qon-1912" ligada jon saqlab qolish uchun kurashayotgani tufayli jamoa maydonda borini bermoqda. Biz o'tgan mavsum shunday vaziyatda edik. "Qo'qon-1912" chempionatni yaxshi tugatib olishiga tilakdoshman. O'zimizning yigitlarga esa rahmat aytaman. Shunday o'ynashda davom etsak, jamoa sifatida yaxshi o'samiz", - dedi Ilyos Zeytullaev bahs yakunlangach.


- O'tgan turda jamoangiz OKMKga yirik hisobda mag'lub bo'ldi. Bunday mag'lubiyatdan so'ng futbolchilarni o'ziga keltirish va o'ziga bo'lgan ishonchni yana qayta tiklash qiyin bo'lmadimi?

- Yo'q. Biz yirik hisobda yutqazdik, to'g'ri. Masalan, biz OKMKga 1:5 hisobida yutqazdik. Undan oldin esa OKMK "So'g'diyona"ga 1:4 hisobida mag'lub bo'lgan edi. Futbolda uchrab turadigan holat. Biz hisobni tenglashtirganimizdan so'ng hisobni o'z foydamizga o'zgartira olamiz degan fikr paydo bo'ldi. Ikkinchi golni o'tkazib yuborganimizdan keyin esa "blackout" ro'y berdi desak ham bo'ladi va futbolchilar o'yindan tushib qoldi. Biz bu haqda gaplashib oldik va barchasi ortda qoldi. Qo'rqinchli joyi yo'q, shunday bo'lib turadi. Bugun futbolchilar o'tgan bahsdagi yirik mag'lubiyat unutib bo'linganini maydonda isbotlashdi. Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar  Azizbek To'lqinbekov, Asad Rahimjonov, Muzaffar Olimjonov va sardorimiz Temurxo'ja Abduholiqov maydonda o'z so'zini aytishdi.


- Tajribali o'yinchi Temurxo'ja Abduholiqov zaxirada qolib ketishi qanchalik to'g'ri qaror?

- Temurxo'ja biz uchun juda muhim o'yinchi. U so'nggi uchrashuvlarda to'liq maydonda harakatlanayotgan edi. Isitma bilan ham o'ynagan o'yinlari bo'ldi. U biroz dam olishi uchun, bugun Krivokapichni maydonga tushirdik. U jarohatidan forig' bo'ldi va birinchi bo'limda yaxshi o'yin namoyish etdi. Ikkinchi bo'limda esa Temurxo'ja maydonga tushdi va o'yinimizni kuchaytira oldi.

- Joriy mavsumda "Bunyodkor" "Qo'qon-1912"ni uch uchrashuvning asosiy vaqtida mag'lub eta olmadi. "Qo'qon-1912" "Bunyodkor" uchun noqulay raqibmi?

- "Qo'qon-1912" juda yaxshi jamoa, mening nazarimda. Superligada kuchsiz jamoaning o'zi yo'q, uchrashuvdan oldin murabbiylar shtabi bilan ham shu mavzu bo'yicha gaplashdik. O'zbekistonlik futbolchilar va legionerlar yaxshi darajada. "Qo'qon-1912" individual jihatdan kuchli futbolchilarga ega. Qo'qonga kelib o'z futbolini namoyish etish oson ish emas. Qo'qon boy futbol tarixiga ega. Biz maydonda o'zimizning o'yinimizni namoyish etishga harakat qildik, ammo har doim ham bu o'xshayvermaydi. Shu sababli joriy mavsumda "Qo'qon-1912"ga qarshi uchrashuvlarimiz qiziqarli bo'lmoqda. Masalan, Toshkentdagi uchrashuv qanday natija bilan yakunlanganini eslasangiz kerak.

Reyting: +3   

Fikrlar

   
29 sen 06:09:40
Ўзбек футболининг муҳлиси
Haqiqat-2 foydalanuvchining fikriga javob berish
Детский админларга Барса, Реал еки Хусанов учун МанСити бор факат. Яна 35 минутдан кейин Италияда Супер уйин бошланади. Хали таркибларни бермади бу болакайлар!
Офарин!
   
28 sen 23:11:12
BOBIRBEK_URINOV⚽️
Хакикатдан уйин чиройли булди. Хужумкор уйин булди. Темп юкори булди.
   
28 sen 23:10:50
Haqiqat-2
Детский админларга Барса, Реал еки Хусанов учун МанСити бор факат. Яна 35 минутдан кейин Италияда Супер уйин бошланади. Хали таркибларни бермади бу болакайлар!
   
28 sen 23:10:35
Haqiqat-2
Детский админларга Барса, Реал еки Хусанов учун МанСити бор факат. Яна 35 минутдан кейин Италияда Супер уйин бошланади. Хали таркибларни бермади бу болакайлар!
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика