So’nggi yangiliklar

21:45Баҳром Ҳайдаров: "Чиройли ўйин гувоҳига айландик, дуранг адолатли натижа"  0 21:19"Ал Ҳилол"нинг Қаршидаги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  3 21:08Туркия Суперлигаси. Шомуродов гол урган ва Файзуллаев захирадан майдонга тушган ўйинда "Башакшехир" мағлуб бўлди, "Ризеспор"да ҳам 0 очко  18 20:44Симоне Инзаги: "Насаф" қанчалик кураш тақдим эта олишини Жиддада намойиш этди"  5 20:25"Барселона" — "Реал Сосьедад". Таркиблар маълум  11 19:58"Ал Иттиҳод"да Бланнинг ўрнини таниқли мутахассис эгаллаши мумкин  3 19:35Матбуот анжумани. Рўзиқул Бердиев: "Ал Ҳилол"нинг салоҳияти ёки фамилиясидан қўрқишимиз эмас, майдонда боримизни бериб курашишимиз керак"  10 19:34"Ньюкасл" — "Арсенал". Таркиблар маълум  12 19:30"Сабаҳ" — "Сумқайит". Раҳмоналиев асосий таркибда  0 19:26Суперлига. "Бунёдкор" "Қўқон-1912" майдонида жанговар дуранг қайд этди  5 18:50"Манчестер Юнайтед" "Атлетико" хавбекини сотиб олиши мумкин  1 17:31Мбаппе, Винисиус ва Беллингем - "Реал"нинг Қозоғистондаги "Қайрат" билан ўйин учун қайдномасида  7 17:06Карвахаль: "Зарба қабул қилиб олганингда ундан ижобий хулоса чиқариш керак"  8 16:00Диего Симеоне: "Кўз ёшларимни тия олмадим"  2 15:27Хаби Алонсо: "Дербида мағлуб бўлишга лойиқ эдик"  17

Matbuot anjumani. Ro'ziqul Berdiev: "Al Hilol"ning salohiyati yoki familiyasidan qo'rqishimiz emas, maydonda borimizni berib kurashishimiz kerak" Yangiliklar

Matbuot anjumani. Ro'ziqul Berdiev: "Al Hilol"ning salohiyati yoki familiyasidan qo'rqishimiz emas, maydonda borimizni berib kurashishimiz kerak"

Ertaga Elit OCHLning navbatdagi tur o'yinlari bo'lib o'tadi.

Unda Qarshining "Nasaf" jamoasi o'z maydonida Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubini qabul qiladi. Uchrashuvdan avval mezbonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev va futbolchi Sherzod Nasrullaev fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Al Hilol" bilan o'yinlar doim qiziqarli o'tgan. O'ylaymanki, ertaga stadionimizda ajoyib muhit bo'ladi. Bu jamoaga munosib qarshilik ko'rsatishga va muxlislarimizga kutilgan natijani sovg'a qilishga bor mahoratimizni ishga solamiz. Bu qanchalik og'ir bo'lmasin yigitlarda tayyorgarlik yaxshi, ishtiyoqi bor. Xohish va ishtiyoq bo'lgan joyda natija ham yaxshi bo'lishi kerak",- deydi Ro'ziqul Berdiev.

"Ertangi o'yinga jamoamiz tayyor. Maksimal g'alaba qozonishga va muxlislarimizning ishonchini oqlashga harakat qilamiz",- deydi Sherzod Nasrullaev.

- Ertangi o'yinda omad tilaymiz. Siz raqibni yaxshi o'rganadigan murabbiylardansiz. Bundan xabarimiz bor. "Al Hilol"ning zaif tomonlarini ham topdingizmi?

- Albatta. Har bir o'yindan oldin raqibni o'rganishga harakat qilamiz. "Al Hilol" jamoasiga tarif berish shart emas. O'z siyosati, maqsadi, transferlari bilan butun dunyoga tanilgan. Har bir jamoaning kuchli va kuchsiz taraflari bo'ladi. Raqibning oxirgi o'yinlarini ko'rib yigitlarga bu borada malumotlarni etkazdik. Individual kuchli futbolchilarga ega jamoa, lekin ularda ham bazi bir muammolar bor. Buni futbolchilarga tushuntirganmiz. Raqibga munosib qarshilik ko'rsata olishimiz talab etiladi.

- "Al Hilol"ning penalti ishlash, standart vaziyatlardagi samaradorligini qanday baholaysiz? Bunga qarshi jamoa qanday chora ko'ra oladi?

- Standart vaziyat futbolda juda muhim. "Al Hilol"da standart vaziyatlardan ham ko'ra qarshi hujumlari xavfli. "Al Ahli" bilan o'yinni ko'rib chiqdik. Jamoa qarshi hujumda 3 ta to'p kiritdi. Standart vaziyatlarda ham yaxshi ijrochilari bor. Biz har bir futbolchini, bo'ydor o'yinchilarini o'rganib chiqdik. Ularga qarshi to'g'ri o'ynash talab etiladi. 

- "Al Hilol" safida Al Dovsari, Darvin Nunez kabi futbolchilar kelmasligi haqida gap chiqdi. "Nasaf"ning tarkibi bu borada to'liqmi? Yo'qotishlar yo'qmi?

- "Al Hilol" jamoasi tarkibi juda keng, yo'qotishlar o'rnini bilintirmaydiganlar bor. Individual kuchli futbolchilarga qarshi tayyorlanyapmiz. Bizda ham yo'qotishlar bor. Lekin hammasini aytmoqchi emasman. Bu haqida o'ylayotganimiz yo'q, tarkibimizda futbolchilar bor. 

- Sherzod Nasrullaevga savol. "Nasaf" tarkibida terma jamoa futbolchilari bor. Ertaga tajribali futbolchilarga qarshi tayyormisizlar? Ishtiyoq qanday?

-  Albatta. Kim bo'lishidan qatiy nazar har bir futbolchi g'alaba uchun maydonga chiqadi. Hamma bor kuchini berishga harakat qiladi. Bizda qo'rquv yo'q, chunki O'zbekiston ham ularning darajasiga chiqib bo'lgan. Jamoamiz tayyor. 

- "Nasaf" jamoasi ertaga qanday taktikada o'ynaydi? Raqib hujumlarini bartaraf etishga bu taktika yordam beradimi?

- Hamma sirlarni ochib tashladingiz (kuladi). Ertaga taktika bitta yuqori ishtiyoq va o'yinni tartibli tashkil qilish. Bunga amal qilsak hammasi yaxshi kechadi. 

-  Muxlislar evropacha o'yin kutmoqda. Ertaga sifat muhimmi yoki natija?

Sherzod Nasrullaev:- Biz uchun natija muhim. 

- Abduvohid Nematovning ruhiyati qanday? "Al Ahli" bilan o'yindan so'ng kiyinish xonasida nimalar dedingiz?

- Abduvohidni so'ksangiz ham, ursangiz ham tasir qilmaydi. U zo'r yigit. Ruhiyati kuchli yigit. O'ylaymanki, Abduvohid ham, jamoa ham avvalgi xatoni takrorlamasligi kerak. "Al Hilol" kuchli raqib, bunday o'yinlarda xatolar kechirilmaydi. Abduvohid o'yinga tayyor. 

- Siz jamoangizda qaysi futbolchini ko'proq yaxshi ko'rasiz?

- Butun jamoani yaxshi ko'raman, biz bir oilamiz. Shu paytgacha 100, 120talab futbolchi chiqib ketgan. Ularga bir xilda etiborda bo'lganman va har biri men uchun qadrli. 

- Sherzod Nasrullaevga savolim. Poziciyangizdagi qo'riqlaydigan futbolchini bilasizmi?

- Malkomga qarshi maydonga chiqamiz. Uni qo'riqlashga harakat qilamiz. 

- "Al Hilol"ning sovrindorligi va "Nasaf"ga nisbatan boyroq klub ekanligi, natijalari ruhiy holatga tasir qilmayaptimi?

- Raqibning kimligini barchamiz tushunamiz. Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida ham ular isbotlashdi. Bu bilan muammo bo'lmaydi. Ertaga natijani o'ylamasdan borini berib kurashishi kerak. Jamoa kurashmasa muxlislarga hurmatsizlik bo'ladi. Ertaga kurashsak, borimizni bersak har qanday natijadan muxlislar mamnun bo'ladi. "Al Hilol"ning salohiyatidan, familiyasidan qo'rqish kerak emas, borimizni berishimiz lozim.

- "Nasaf" "Al Ahli"ga qarshi 64-daqiqaga qadar 2:0 hisobida oldinda edi. Cheran maydonga tushgach ko'p o'tmay hisob tenglashdi. 84-daqiqada Otubanjo maydonga tushgach hisob 2:4 bo'ldi. "Al Ahli" bilan o'yinda natijaga sizning tasiringiz qanchalik bo'ldi? G'alaba qozonib turgan jamoa strategiyasi nazoratingiz edi. Lekin 2 ta legionerlar tushgach o'yin o'zgardi...

-  Savolingiz ham, fikringiz ham noto'g'ri. Umuman qo'shilmayman. Cheranni hujum chizig'ida chiqqaniga Abduvohidning xatosiga nima aloqasi bor? Himoyachilarning xato qilganiga hujumchining nima aloqasi bor? Savolingizga javob ham bermoqchi emasman. Jamoam yutqazdi. Yutgan o'yinlarimizda nima uchun Cheran yoki Otubanjoni mehnati singganini aytmaysiz?

Reyting: +2   

Fikrlar

+2   
28 sen 20:16:22
Kardinal
Саволни каранг. Кандай тактикада уйнайсиз . 6 7 5 тактикада демабди. Журналистларам бизда тупой.
+1   
28 sen 20:44:42
barselona7
Рақиб кучли ҳар қандай таркибда бўлмасин. Эртанги ўйинда натижа қандай бўлса ҳам танқид қилиш унчалик ҳам ўринли бўлмаслиги мумкин агар Насаф футболчилари борини бериб ўйнашса. Аммо ман учун тушунарсиз бўлган нарса шуки Насаф Черанни сотиб олганми ёки Черан Насафни сотиб олганми. Биринчи турда яхши ўйнаб икки тўп фарқи билан ютиб турган Насаф Черан майдонга тушгач пароканда бўлиб кетди. Ўйинда ҳамманинг ўз вазифаси бўлади. Прессингда қатнашиш, тўпни сақлаб туриш олдинга узатма бериш, рақиб ҳужумини бузиш, тўхтатиш хуллас шунга ўхшаш вазифалар. Чераннинг майдондаги вазифаси нима? Умуман югурмасдан, тўпни тўхтатишни ҳам уддаламасдан рақиб жарима майдони олдида тўп келиб қолишини кутишми ёки пенальти бўлса уни тепишми? Ёки Чераннинг шартномасида токи Черан тирик экан нафас олаётган экан майдонда бўлиши керак деб ёзиб қўйилганми.
   
28 sen 21:48:19
Фарход
'"' НАСАФ '"' ОМАД ЁР БУЛСИН, ИНШООЛЛОХ МУХЛИСЛАР КУЗ УНГИДА ЧИРОЙЛИ УЙНАБ ГАЛАБА КОЗОНИШ НАСИБ КИЛСИН. ОЛГА '" НАСАФ '"
   
28 sen 21:16:49
1994 Nurafshon
barselona7 foydalanuvchining fikriga javob berish
Рақиб кучли ҳар қандай таркибда бўлмасин. Эртанги ўйинда натижа қандай бўлса ҳам танқид қилиш унчалик ҳам ўринли бўлмаслиги мумкин агар Насаф футболчилари борини бериб ўйнашса. Аммо ман учун тушунарсиз бўлган нарса шуки Насаф Черанни сотиб олганми ёки Черан Насафни сотиб олганми. Биринчи турда яхши ўйнаб икки тўп фарқи билан ютиб турган Насаф Черан майдонга тушгач пароканда бўлиб кетди. Ўйинда ҳамманинг ўз вазифаси бўлади. Прессингда қатнашиш, тўпни сақлаб туриш олдинга узатма бериш, рақиб ҳужумини бузиш, тўхтатиш хуллас шунга ўхшаш вазифалар. Чераннинг майдондаги вазифаси нима? Умуман югурмасдан, тўпни тўхтатишни ҳам уддаламасдан рақиб жарима майдони олдида тўп келиб қолишини кутишми ёки пенальти бўлса уни тепишми? Ёки Чераннинг шартномасида токи Черан тирик экан нафас олаётган экан майдонда бўлиши керак деб ёзиб қўйилганми.
1000% хаксиз черанни канакасига майдонга тушириш мумкин єнг кизиги шу черан билан Насаф хозирда турнир караоебишиси койил Насаф Черан тушган уйинда 10 киши булиб уйнайди Черан майдонда бирор фойдаси тегмайди ёки бу хам бир Рузикулакани янги тактикасими хуллас тушунмайман. Нима булганда хам єртанги уйинда Насафга омад
   
28 sen 21:05:13
Azizjon
NASAF 2:1YUTAMIZ OLGA UZBEKISTON????????????????????????????????????????????????????????
   
28 sen 20:25:34
TOMJIQ_OLOT
Шундай ўзбек мақоли бор: "Оққина товуқ сомон сочар, ўз кетини ўзи очар". Демоқчи бўлганим, Рўзиқул акага "Насаф" жамоаси эртага қандай тактикада ўйнайди?", Шерзодга қайси "Позициянгиздаги қўриқлайдиган футболчини биласизми?" деган саволларни берган журналист араб журналисти бўлса тўғри тушунаман. Агар ўзимизники шу савол берган бўлса, IQ даражаси паст ва нопрофессионал экан, бу мани шахсий фикрим.
   
28 sen 20:15:46
Manutd123
Murabbiyning ishiga aralashishni xohlamasamda, Nasafga nima sababdan va qaysi hislati uchun Otubanjo olinganligini Ruziqul aka tushuntirib berishingiz kerak.
Bu bola futbolchi emas. Darajasi Super Ligaga ham tortmaydiku?!
   
28 sen 20:07:00
Ravshan Ruzikulov
Baquvvat baquvvat o'yinchilarni tushirsa ertaga ro'ziqul berdiyev natija bo'ladi. Faqat iltimos cheran tushmasin,hamma joyni bulg'ab tashlaydi
   
28 sen 20:01:19
mirabzal
черани туширса пеналти ишлаберади агар эплолса
   
28 sen 19:48:23
Nasaf T_M
Ertangi o’yinda qanchalik qiyin bo’lmasin biz Nasafga ishonamiz.! Omad Ajdarlar!!!!
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика