So’nggi yangiliklar

01:13Шоҳмалик Комилов: "Бугун қийин бўлишини билардик. "Шўртан" - футбол ўйнайдиган жамоа"  1 00:34Биринчи лига. Охтаевдан пента-трик, пешқадамлардан ғалабалар ва бошқа натижалар  1 00:19U-21 биринчилиги. "Пахтакор"дан 8:0, "Машъал"дан камбэк, пешқадам "Навбаҳор"дан ғалаба ва бошқа натижалар  0 23:55Вадим Абрамов: "Мен ВАРни тушунмаяпман"  9 23:45Иван Бошкович: "Биз охиригача курашадиган жамоамиз"  5 23:40Суперлига. "Шўртан" – "Навбаҳор" 3:3  0 23:21"Динамо" Танташевнинг Жиззахдаги қарорлари бўйича расмий эътироз киритди  19 23:11Дониёр Нарзуллаев: "Бироз омадимиз келмади. Голларимни фарзандларимга бағишлайман"  0 22:36Элдор Мойлиев: "Қийналиб тўп киритамиз, кейин эса оддий гол ўтказамиз"  3 22:11Сергей Лушчан: "Қўлни туширмасдан ишлашда давом этамиз, олдинда Кубок ўйини кутяпти"  9 22:06Суперлига. "Сўғдиёна" "Динамо"га қарши ўйинда 102-дақиқада урилган гол эвазига мағлубиятдан қутулиб қолди   104 21:38Суарес фаолиятини Месси билан бирга якунламоқчи  3 20:55Суперлига. Ғузорда дарвозаларга 6 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  72 20:47"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини Туркияда давом эттиради  5 20:21"Нюкасл" 40 млн фунтга ҳужумчи сотиб олмоқчи  1

Qozog'iston terma jamoasi ustozi: "Ertaga yigitlar pul uchun emas, mamlakat gerbi uchun maydonga tushishadi" Yangiliklar

Qozog'iston terma jamoasi ustozi: "Ertaga yigitlar pul uchun emas, mamlakat gerbi uchun maydonga tushishadi"

Ertangi O'zbekiston – Qozog'iston o'rtoqlik o'yini oldidan "Paxtakor" stadioni anjumanlar zalida qozog'istonliklar ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Unda Qozog'iston termasi ustozi Magomed Adiev va jamoa sardori Asxat Tagibergen qatnashdi. 





Dastlab Qozog'iston MTJ Millatlar Ligasidagi ajoyib ishtirok uchun tabriklab o'tildi va bosh murabbiyga so'z berildi.

"Tabrik uchun rahmat. Bizni qardoshlik derbisi kutmoqda. Raqibni hurmat qilamiz. Qisfa fursatda ishlab chiqqan taktikamizni qo'llashga harakat qilamiz".

SHundan so'ng Asxat Tagibergen gapirib o'tdi. 

"Markaziy Osiyo derbisi bo'lib o'tadi. Ko'rishmaganimizga ancha yillar bo'lgandi. Ertaga qiziqarli uchrashuv guvohiga aylanamiz.



- Sizlar aytganingizdek, bu – derbi. Sizlar uchun bahs qanchalik principial ahamiyatga ega?

"Har doim yutish muhim. Biz g'alaba qozonish uchun shug'ullanamiz, shuni ustida ishlaymiz. Principiallik yo'q. Asosiy bazifamiz – JCH saralashiga taraddud ko'rish", – Magomed Adiev.



"Har bir sportchi g'alaba qozonish uchun maydonga tushadi. Klubdoshim Igor Sergeev bilan bu borada garov bog'ladik. Ertangi natijadan keyin barchasi oydinlashadi", – Asxat Tagibergen.



- Murabbiyga savol Qozog'iston tarkibi bo'yicha Millatlar Ligasiga jalb etilayotgan futbolchilar borasida etirozlar ko'p. Bunga qanday qaraysiz?

- Men bunga tabiiy jarayon sifatida qarayman. Hamma sizdan qoniqsa, bu ishlar yaxshi ketayotganini anglatmaydi. Eng katta etirozni o'zimga o'zim qilaman, hamisha o'zimga savol berib ko'raman. Terma jamoamizning Millatlar Ligasidagi ishtirokiga kelsak, hammasi yaxshi kechyapti. Ertangi uchrashuv orqali Evropa chempionati saralash bosqichiga taraddud ko'rishimiz lozim. Jiddiy qarashimiz kerak.

- Futbolchiga savol. Ko'pchilik jurnalistlarning fikricha, O'zbekiston ko'proq texnikaga tayanadi. O'zaro solishtirilsa, o'zbekistonliklar ustun. Ekspertlar ham shu fikrda. Bu borada qanday fikrdasiz?

- Biz ham rivojlanib boryapmiz va boshqa darajada to'p tepyapmiz. Bunga Millatlar Ligasida ham guvoh bo'lib turibsiz. Ertaga murosasiz o'yin bo'lib o'tadi. Kuchli jamoa g'alaba qozonadi.



- Murabbiyga savol. Qozog'iston terma jamoasiga qarshi o'yindagi g'alaba uchun mukofot puli vada qilinganmi? Bunday mukofotlar har bir o'yin uchun ajratiladimi yoki bu faqat O'zbekiston bilan murosasiz qarama-qarshilik uchunmi?

- Har bir o'yindan so'ng pul mukofoti belgilanadi. Bu shu uchun ajratilgan maxsus fonddan ajratiladi. Millatlar Ligasi va o'rtoqlik o'yinidagi summada katta farq bo'ladi. Ertaga yigitlar pul uchun emas, mamlakat gerbi uchun maydonga tushishadi. 



- Nima deb o'ylaysiz, O'zbekiston Millatlar Ligasi qaysi ligasidan o'rin olgan bo'lardi – "C", "B" yoki boshqa? 

- Biz hali "B" ligada o'ynab ko'rmaganmiz. O'zbekiston munosib raqib. Individual kuchli o'yinchilari talaygina, qanotlari ham zo'r ishlaydi. O'zbekiston kabi kuchli raqibga qarshi o'ynash biz uchun muhim. Bu kuchli va kuchsiz tomonlarimizni ko'rib olishga xizmat qiladi. 

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика