Hakim Fuzaylov: "30 tur hakamlar haqida gapirmadim"
05 dek 2025 19:39
Yangiliklar
Hakim Fuzaylov: "30 tur hakamlar haqida gapirmadim"
O'yindan so'ng "Xorazm" jamoasi bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- O'yin haqida fikrlaringiz...
- O'yin haqida nima deyishim mumkin, to'g'risini aytsam, jiddiy tayyorgarlik ko'rgandik. Raqibga nisbatan yaxshi harakat qildik, hisobda oldinga chiqib oldik, faqat penaltilar seriyasida yutqazib qo'yganimiz alam qildi.
Men 30 tur hakamlar haqida gapirmadim, faqat jim yurdim. Tushunaman, mezbon jamoalarga qandaydir simpatiya bo'ladi. Lekin bugungi bahsda qoida buzilganini VAR umuman ko'rmadi. Aytadigan gapim ham qolmadi.
Nimaga darvozabonimiz seyv qilganini inobatga olishmadi, hayronman. Penaltilar seriyasida 4:3 hisobida yutgan bo'lardik. Umuman olganda, "Xorazm" bu mavsum 15 yil deganda Superligada o'ynadi, viloyatda katta ishlar qilindi. Jamoamizning tushib ketishi juda achinarli bo'ladi.
Bizning uyaladigan joyimiz yo'q. O'yinimiz ham chakki emas. Bugun hakamlarning xatosini deb yutqazdik. Hozir klubimiz bosh direktori raddiya yozadi. Biz penaltilar seriyasida g'olib bo'lgandik, lekin nima uchun hakamlar vaziyatga aralashdi? Nega penalti boshqattan tepildi? Men faoliyatimda birinchi bor shunaqa holatga duch kelishim.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хитойдан енгилди ва мусобақа билан хайрлашди
"Реал" Арбелоанинг дебютида Сегунда клубига мағлуб бўлиб, Испания кубоги билан хайрлашди!
Идеал дебют: Кэррикнинг илк ўйинида "Манчестер Юнайтед" "Манчестер Сити"га ҳеч қандай имконият қолдирмади
Ла Лига. "Реал" ўз майдонида "Леванте"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Fikrlar