So’nggi yangiliklar

01:05ЕЧЛ. "Ливерпуль" "Энфилд"да "Реал Мадрид"ни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  20 00:50ОЧЛ-2. "Насаф" ўз уйида Қувайт клубига мағлуб бўлди, Комилов иккинчи голда қўпол хатога йўл қўйди  1 00:23ЕЧЛ. Барча учрашувларнинг онлайн ҳисоби битта саҳифада   2 00:03"Бавария" Носир Ал Ҳелайфидан узр сўради  0 23:08ОЧЛ 2. "Шабаб Ал Аҳли" 0:2 ҳисобида орта бора туриб, якунда супер камбэк қайд этди. "Насаф" расман гуруҳда қолиб кетди  13 22:47Жамшид Искандеров "Навбаҳор"ни тарк этди(ми?)  12 22:37Рўзиқул Бердиев: "Мавсумнинг қайсидир қисмида 12 та мағлубиятсиз серия қайд этаётгандик, ҳозир эса кетма-кет тўртта мағлубият. Жуда ҳунук ҳолат"  48 21:51Тони Кроос "Golden boy" тақдимотида йил ўйинчиси мукофотига лойиқ кўрилди  4 21:2517 ёшли Ламин Ямаль "Golden Boy" совринини қўлга киритди!  10 21:04ОЧЛ-2. "Насаф" чемпионликдан кейинги 4-ўйинида ҳам мағлуб бўлди  316 20:40Расман: "Интер Майами" Луис Суарес билан янги шартномани узайтирди  2 19:54Санья Мбаппе ҳақида: "Роналду "Реал"даги фаолиятини яхши бошламаган, Бенземанинг трансферини хато, Бекхэмникини эса омадсизлик деб аташган. Улар клуб афсоналарига айланишди"  5 19:26Моуринью: "Педри менда "Барселона"дан кўра кўпроқ таассурот қолдирди"  4 18:53Ламин Ямаль "Golden Boy" совринини қўлга киритади. Бу ҳақда бугун эълон қилинади  2 18:30Азимжон Аҳмедов: "Андижон" билан ўзгача ҳисоб-китобимиз бор"  14

Mirjalol Qosimov: "O'g'limning goli haqida gapirishni istamayman. Ishxonada u futbolchi, uyda esa o'g'lim. Ushbu masalaga nuqta qo'yish kerak" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "O'g'limning goli haqida gapirishni istamayman. Ishxonada u futbolchi, uyda esa o'g'lim. Ushbu masalaga nuqta qo'yish kerak"

Superliga 7-tur doirasida o'tkazilgan "Lokomotiv" - OKMK (0:2) uchrashuvidan so'ng OKMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi


- O'yin haqida

- Juda muhim uchrashuv edi. Bugungi uchrashuv kurashlarga boy va shiddatli bo'ldi. Raqibimiz "Navbahor"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng yutqazishga haqqi yo'q edi. Biz ham o'tgan uchrashuvda mag'lub bo'lgandik. Bugun golgacha o'yin bo'ldi va birinchi bo'lib gol urgan jamoa g'alaba qozondi. G'alaba qozonganimizdan xursandmiz. Avvalari 6-7 turdan so'ng peshdaqamlar ajralib chiqar edi, so'ngi yillarda esa bunday holat kuzatilmayapti. Musobaqa jadvalida jamoalar zich joylashgan.

- Bugun OKMK jamoasi golga qadar ancha qiynaldi. Asosan to'pga egalik qilish va pas o'ynashga intildi. "Lokomotiv" esa ko'proq raqib o'yinini buzish bilan shug'ullandi. Bunday raqibga qarshi o'ynash qanchalik qiyin bo'ldi?

- Kecha bo'lib o'tgan "Nasaf" va "Bunyodkor" uchrashuvi ham shunday kechdi. Vertikal futbol va kurashlar ko'p bo'ldi. O'zimning jamoam haqida gapiradigan bo'lsam, men har doim to'p bilan muomala qilish tarafdoriman. Tizimsiz futbol qachondir natija berishdan to'xtaydi. Mening jamoamda ko'proq to'p bilan muomala qilish va hujumga o'tish chog'ida tartibli o'yin namoyish etish muhim. Bu mening uslubim.

- Joriy mavsum "Lokomotiv" safida to'p tepayotgan uch nafar futbolchi Sanjar Tursunov, Anzur Ismoilov va Muhammadanas Hasanovlar o'tgan mavsumlar davomida jamoangizda faoliyat yuritgandi. Ularning o'yin uslubini aniq bilasiz. SHu jihat sizga bugungi uchrashuvda ustunlik berdimi?

- Bu yigitlar nimaga qodir ekanligini bilaman. Maydon markazida Sanjar Tursunov va himoyada Anzurning imkoniyatlarini past baholashning iloji yo'q. Yigitlarda katta tajriba bor. Ular uzoq vaqt davomida milliy terma jamoada o'ynashgan. SHu sababli, bugun oson o'yin bo'lmadi.

- Bugun OKMK uchrashuv yakunida ikkita gol kiritdi va g'alabani ilib ketdi. Lekin bugungi uchrashuvda jamoangiz o'yinida yorqinlik sezmadim. Avvalari jamoangiz gol urishi kerak bo'lganida juda chaqnab va yorqin o'ynardi. Bugun bunday bo'lmadi. Bunga sabab nima?

- Zo'r o'ynagan uchrashuvda har doim ham g'alaba qozonavermaysiz. Yorqin o'ynashingiz mumkin, ammo natija bo'lmasa foydasi yo'q. Muammolarimiz etarlicha. O'tgan mavsumdan buyon jarohatdan tiklanayotgan futbolchilarimiz bor. Olimpiya terma jamoamizning final uchrashuvini o'tkazib yuborgan Abduqodir Xusanov, Abbosbek Fayzullaev va Hojimat Erkinovlarsiz o'yin qanday o'zgarganini sezdingiz. Har bir futbolchi, bir detaldek gap. Yigitlarimiz finalda zo'r o'ynashdi, ammo biroz omad etishmadi.

- Bugun o'ng qanot himoyasida o'ynagan futbolchi Bahromovning o'yiniga baho berib o'tsangiz? U bugun juda yaxshi o'ynadi.

- Bahromov asli yarim himoyachi. Bahromov hali ko'p mehnat qilishi kerak, ayniqsa himoyadagi harakatlarini yaxshilashi zarur. U to'p bilan yaxshi muomala qiladi. Yosh futbolchining oyog'i erdan uzilishi kerak emas. U o'zi uchun mehnat qilishi kerak. Maqtovlarni eshitib o'zgarishini boshlashi mumkin. Men futbolchilarning yurgan qadamidan nima bo'layotganini sezaman. Eng muhimi, mehnat qilishda davom etish. Tarkibimizda yosh futbolchilar ko'p, ammo ular o'zi uchun kurashishi kerak.

- "Lokomotiv" bosh murabbiyi Aleksandr Stoymirovich bir necha yil davomida sizning shtabingizda faoliyat yuritgandi. Bugungi uchrashuvda uni mag'lubiyat etish siz uchun qanchalik muhim edi?

- Menga raqibning va bosh murabbiyning kim ekanligi ahamiyatga ega emas. Superligadagi barcha 26 uchrashuv biz uchun muhim. Maqsadimiz muxlislarni xursand qilish va yaxshi natijaga erishish. Jamoamizda almashinuv jarayoni bo'lib o'tmoqda. Yosh va tajribali futbolchilar bor. Maydonda futbolchining yoshi ahamiyatsiz. 40 yoshlik o'yinchi bo'ladimi yoki 16 yoshlik futbolchi bo'ladimi jamoa uchun foyda keltirishi kerak.

- Jamoada bir nechta futbolchi uzoq vaqt davomidan beri jarohatlardan tiklanmoqda. Ularning holati haqida malumot bersangiz?

- Ruben Sanchesh va SHohrux Gadoev kabi futbolchilarimiz uzoq vaqtdan beri tiklanishmoqda. Tizzadan olingan jarohatlar tiklanish uchun uzoq vaqt talab etadi. Men o'zim ham belimni operaciya qildirganman va bir yil futbol o'ynamaganman. Barchasiga vaqt kerak. Statistika bo'yicha futbol eng ko'p jarohat olinadigan sport turi hisoblanadi.

- Bugun o'g'lingiz sizning uslubingizda gol urdi. Mirjamol Qosimovning goli haqida fikr bildirib o'tsangiz?

- SHu mavzuni qo'yinglar. Ishxonada u futbolchi, uyda esa o'g'lim. Yaxshi gol urdi, yana ko'proq gol ursin va jamoaga foyda keltirsin. SHu masalaga shu erda nuqta qo'yish kerak.



Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика