So’nggi yangiliklar

17:48Расман: "Андижон" собиқ устози "Бухоро"да иш бошлади  4 17:26Эшитдик-да! "Зўр ТВ" Чемпионлар Лигасини намойиш этади  5 16:51Ўзбекистон футзал терма жамоаси Японияга қарши ўртоқлик ўйинида қатнашмоқда (онлайн ҳисоб)  1 16:35Про лига. "Локомотив" "Олимпик-MobiUz" билан рўбарў келмоқда (онлайн ҳисоб)  0 16:22Месси гол урилмаган пенальтилар сони бўйича Роналдуга яқинлашиб олди  1 15:39"Насаф" аламли тарзда мағлубиятга учраган муҳташам "Қирол Абдуллоҳ" стадионидан ГАЛЕРЕЯ  4 15:05"Реал" умидли ҳимоячи билан шартномани узайтирди  0 14:38"Арсенал" "Атлетик" билан ўйинда икки асосий ўйинчисидан фойдалана олмайди  3 14:04Лизаразю "Ал Насср"га трансфер бўлган Команни танқид қилди  3 13:35Беллингем ва Камавинга "Реал"нинг ЕЧЛ учун қайдномасига киритилган ҳамда "Қайрат"га қарши ўйнаши мумкин  1 13:08Гвардиола мураббий сифатида топ-лигалардаги 600-ўйинида қатнашди. Ғалабалар фоизи сизни ҳайратда қолдиради  10 12:40"Насаф"нинг халқаро майдондаги мағлубиятли серияси давом этмоқда  18 12:20Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли"нинг мағлубиятсиз серияси 19 та ўйинга етди  2 11:56"Насаф"нинг асосий ҳимоячиси "Ал Ҳилол"га қарши ўйнай олмайди  7 11:38Гол ўтказмаган посбон, "Нефтчи"ни ютган мураббий ва 30 ёшли легионер — Суперлигада 21-турнинг энг яхшилари​  3

Qo'shnilarimiz ham "Nasaf"ga befarq emas yoxud "Alay" va "Xo'jand" murabbiylari final oldidan Yangiliklar

Qo'shnilarimiz ham "Nasaf"ga befarq emas yoxud "Alay" va "Xo'jand" murabbiylari final oldidan

Ayni kunlarda barcha o'zbekistonliklarning nigohi ertaga bo'lib o'tadigan "Al Muharrak" - "Nasaf" uchrashuviga qaratilgan.

OFK kubogi finalida yurtimiz nomidan maydonga tushadigan "Nasaf" jamoasiga nafaqat butun O'zbekiston, balki qo'shnilarimiz ham muxlislik qilishlari tayin. Ahir "ajdarlar" faqt yurtimiz emas, markaziy Osiyo mintaqasi nomidan ham maydonga chiqishadi. Saytimiz muxbiri bilan suhbatda bo'lgan "Alay" bosh murabbiyi Mirlan Eshenov va Tojikistonning "Xo'jand" klubi bosh murabbiyi Rustam Xodjaev bu boradagi fikrlarini yashirib o'tirmadi. Malumki, "Nasaf"ga OFK kubogi guruh bosqichida aynan shu ikki jamoa raqiblik qilgan edi. 

Mirlan Eshenov ("Alay" bosh murabbiyi) - Albatta, "Nasaf" jamoasiga befarq emasmiz. OFK kubogi guruh bosqichida ular bilan to'qnash kelgan edik. Jamoa o'shanda o'zining yorqin va hujumkor o'yini, ko'rsatgan harakteri bilan yodda qolgandi. SHuni tushunishimiz kerakki, bizning mintaqa boshqa mintaqalarga qaraganda kuchliroq. Bu regionda esa "Nasaf" eng kuchlisi hisoblanardi. Bu klub yuqorida aytganimdek o'zining o'yini bilan etiborni jalb qilgan. Qarang, "ajdarlar" 6ta uchrashuvda raqiblar darvozasiga 21ta gol urdi. Murabbiylar tarkibda yoshlar va tajribali futbolchilar o'rtasida balansni yuzaga keltira olishgan. Hujumda va himoyada juda intizomli harakat qilishadi. SHu bois hozirda OFK kubogini yutish uchun ajoyib imkoniyat yuzaga kelmoqda. Bevosita raqib "Al Muharrak" haqida gapiradigan bo'lsam, juda tajribali va o'zining ananalariga ega jamoadir. To'g'ri bahraynliklar o'z chempionatida yaxshi ishtirok eta olishayotgani yo'q. Lekin klub tarixi shuni ko'rsatmoqdaki, shu kungacha 34 bor chempionlikni nishonlagan. Lekin o'yinga tasir qilishi mumkin bo'lgan ayrim faktorlar bor. Bosim, havo harorati. Bu esa mezbonlarga qo'l kelishi mumkin. Agarda murabbiylar shtabi mana shu faktorlarni hisobga olib kuchni butun o'yinga to'g'ri taqsimlay olsa, OFK kubogini O'zbekistonga olib kelishlari mumkin. 

Rustam Xodjaev ("Xo'jand" bosh murabbiyi) - OFK kubogi finalini o'tkazib yubormaslikka harakat qilaman. G'alaba qozonish uchun imkoniyat "Nasaf"ning o'z qo'lida. Qarshi shahri jamoasi o'z o'yinini ko'rsata olsa, ortga kubok bilan qayta olishadi. Asosiysi o'z o'yinlarini ko'rsatishlari muhim. Ochig'i tomoshabop futbol ko'tmoqdaman. Lekin unutmaslik lozimki, ko'p hollarda finalda muxislarbop o'yin bo'lmaydi. Jamoalar ehtiyotkorlikka urg'u qaratadi. Guruh bosqichida "Nasaf" bilan uchrashuvdan keyin ham aytgandim, bu jamoa OFK kubogi favoritlaridan biri. CHunki klubning darajasi OCHLda ishtirok etishga etadi. SHu bois nisbatan imkoniyat ularda yuqori. Ushbu gapim bilan raqibni kuchsiz, demagan bo'lardim. "Al Muharrak"ning ham o'z maqsadi va rejalari bor. 



Muharraq

AFC Cup Final Stage . final-tur

05/11/2021, 21:00

0
:
3
Tugadi

Nasaf Qarshi

45'
90'


"Finaldagi bosim? "Nasaf" futbolchilari bunga ko'nikib bo'lishgan" - Mutaxassis fikri


"Final yosh futbolchilar uchun tajriba va reklama bo'ladi. Husniddin Aliqulov katta yo'qotish". Sobiq "Nasaf"chilar final oldidan nimalar dedi?


Ivan Boshkovich: "Finalda "Nasaf"dan g'alaba kutaman"


Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика