So’nggi yangiliklar

22:03Лига 1. "Ланс" меҳмонда "Страсбур" билан жанговар дуранг ўйнади, Ҳусанов баҳсда доимгидек тўлиқ ҳаракат қилди  5 21:45Футзал бўйича ЖЧ-2024. Бразилия Аргентинани мағлуб этиб, олти карра жаҳон чемпионига айланди  6 21:23РПЛ. "Динамо" ва ЦСКА Москва дербисида тўқнаш келишмоқда (онлайн ҳисоб)  5 21:17Ла Лига. Левандовскининг 25 дақиқа ичида қайд этган хет-триги "Барселона"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  12 21:13Эрон чемпионати. "Фулад" меҳмонда "Тракторсози"ни мағлуб этди, Юсупов тўлиқ ҳаракат қилди  4 20:52Украиналик футзалчи: "Биз бу натижани ўз-ўзидан қайд этганимиз йўқ"  0 20:20АПЛ. "Челси" ва "Манчестер Юнайтед" жамоалари иштирокидаги ўйинлар якунланди  10 20:19"Монца" — "Рома". Шомуродов захирада  6 20:03"Ал Айн" — "Ал Ваҳда". Эркинов захирада  0 20:00Футзал бўйича ЖЧ. Украинлар Тошкентдаги "жанг"да ғалаба қозонишди, Бразилия чемпион!  1 19:51"Айнтрахт" — "Бавария". Таркиблар маълум  0 19:41"Брайтон" — "Тоттенхэм". Таркиблар маълум  2 19:27Бразилия — Аргентина. Футзал бўйича ЖЧ финали учун таркиблар маълум  0 19:10Футзал бўйича ЖЧ. Украина Францияни аяб ўтирмади ва тарихда илк бор мундиалнинг бронза медалларига эга чиқди!  5 18:53"Реал" Карвахаль билан шартнома 2026 йилга қадар узайтирилганини эълон қилди. Ҳимоячи 8-10 ойга сафдан чиққан  0

"Qo'rqmanglar, hammasi nazoratim ostida". Katanec qanday qilib natijaga erishmoqchi? Yangiliklar

"Qo'rqmanglar, hammasi nazoratim ostida". Katanec qanday qilib natijaga erishmoqchi?

O'zbekiston terma jamoasi KXDRni kichik (1:0) hisobida mag'lub etganidan so'ng futbol jamoatchiligida qiziq fikrlar yangradi.

Kecha O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2026 saralashi 3-bosqichida dastlabki uchrashuvni o'tkazdi. Qiyin kechgan uchrashuvda futbolchilarimiz kichik 1:0 hisobidagi g'alabani qayd etishdi, uchrashuvdagi yagona golga Jaloliddin Masharipov mualliflik qildi. SHuningdek, darvozabonimiz O'tkir Yusupov birinchi bo'limning o'zidayoq darvozamizga belgilangan 11 metrlik zarbani bartafar etdi. Tasanno! SHunday qilib, O'zbekiston milliy terma jamoasi o'z tarixida bor-yo'g'i ikkinchi marotaba JCH so'nggi saralash bosqichini g'alaba bilan boshladi. 

Rossiya-2018 mundial saralashining oxirgi bosqichini ham biz g'alaba bilan boshlagandik. "Bunyodkor"da Suriyaga qarshi kechgan qiyin uchrashuvda zaxiradan maydonga tushgan Aleksandr Geynrix 74-daqiqada hisobni ochadi va ushbu gol bizga dastlabki uch ochkoni taqdim etadi. Suriyaga qarshi uchrashuvdan besh kun o'tar-o'tmas Samvel Babayan "gvardiyasi" Dohada Qatarga qarshi o'yin o'tkazadi. Ikki jamoa ham ehtiyotkor futbol namoyish etgan uchrashuvda Egor Krimec 85-daqiqada Geynrixning uzatmasini boshi bilan darvozaga to'g'rilab yuboradi va gol. Dastlabki ikki uchrashuvda maksimal natija qayd etgan terma jamoamizning keyingi turlarda omadi yurishmaydi, afsuski.



Biroz tarixga nazar tashladik, endi kechagi uchrashuvga batafsilroq to'xtalsak. Milliy terma jamoamizga befarq bo'lmagan insonlarning ko'pchiligi terma jamoamiz KXDRni yirik hisobda mag'lub etishiga shubha qilmayotgandi va barcha natija bo'yicha xotirjam edi. Vaholanki, biz uch ochkoni oldindan qo'lga kiritganmiz. Aslida esa bunday bo'lib chiqmadi. Aksincha, g'alabamizning asosiy omillaridan biri omad biz tomonda bo'lganida bo'ldi. Darvozamiz tomon belgilangan 11 metrlik zarbani O'tkir Yusupov bartaraf eta olmaganida o'yin scenariysi mutlaq boshqacha bo'lishi mumkin edi. To'g'ri, Yusupov penalti tepilgan vaziyatda ajoyib harakat qildi, ammo hozirgi kundagi terma jamoamizning asosiy darvozabonini "penaltilar ustasi" deb bo'lmaydi. Yusupov terma jamoada birinchi marotaba penaltini bartaraf eta oldi va Superliganing so'nggi 4 mavsumida darvozabonimiz 2ta 11 metrlik zarbani to'sa olgan.



Futbolchilarning o'zlari ham kechagi uchrashuvdan ko'ngli to'lmagani, terma jamoa bundan-da yaxshiroq o'ynay olishini bir necha marotaba takidlashdi. Xo'sh, unda muammo nimada? Guruhimizda "autsayder" hisoblangan SHimoliy Koreya, bir hafta davomida suniy qoplamada mashg'ulot o'tkazgan SHimoliy Koreya nega bizni bunchalik qiynab qo'ydi? Nega 80-daqiqadan so'ng to'pni bizdan to'liq olib qo'ydi? Ko'pchilikni qiziqtirgan ushbu savollarga Srechko Katanec o'yindan keyingi matbuot anjumanida javob berdi.

"Bizning asosiy muammo – futbolchilarning jismoniy holati. Futbolchilar dushanba kuni jamoamizga qo'shilishdi. KXDR esa bir necha o'rtoqlik o'yinlarida ishtirok etishga ham ulgurdi", – deya izoh berdi Srechko Katanec.

"SHimoliy Koreyaga qarshi qiynaldik, bu o'yinimiz bo'lajak kuchliroq raqiblar uchun oson bo'lib qolmaydimi? Biz yana nimadir qo'sha olamizmi?", degan savolga esa terma jamoamiz bosh murabbiyi quyidagicha javob berdi:

"Biz bor-yo'g'i ikkita mashg'ulot o'tkazdik. Ikkitagina mashg'ulot bilan qanday qilib qo'shamiz? Buning imkoni bor deb o'ylaysizmi?".


Vaholanki, janob Katanecning barcha fikrlari to'g'ri, ammo raqiblarimiz biz necha kun mashg'ulot o'tkaza olganimiz yoki futbolchilarning jismoniy holati qanday ekanligiga qarab o'tirishmaydi. Bu – fakt. Pragmatik futbol tarafdori bo'lgan Katanecga eng muhimi ochkolar soni ekanligi barchaga malum, ammo terma jamoamizning o'yin sifatida biz uchun qanchalik muhim? Avvallari Eron va Koreyalarga qarshi dahshatli o'yinlar o'tkazardik. "Jar"da yanchib tashlangan Eron va yaponiyalik hakamning xatosi, Xitoyga qarshi mutlaq dominantlik va so'nggi daqiqalardagi penalti va shunga o'xshash sabablar tufayli mundial deb atalmish "kema"ga hech chiqa olmaganmiz. Bosh murabbiy kecha shuni takidlab o'tdi.


"Avvalgi cikllarda O'zbekiston terma jamoasi chiroyli va tomoshabop o'yin namoyish ko'rsatgan, lekin JCHga chiqa olmagan. Bizga ega Jahon chempionati kerak", – dedi Srechko Katanec.


Tabiiyki, savol tug'iladi. Bizga "mundial yo'llanmasi" degan yakuniy natija muhimmi yoki terma jamoamizning uslubi va o'yin sifati? Bu savolga har kim o'zicha javob beradi. Eng qizig'i, ikki javob to'g'ri, biz hech qachon Jahon chempionatida ishtirok etmaganmiz va mundial yo'llanmasi biz uchun orzu. O'yin uslubi va sifati esa nafaqat terma jamoamizning hozirgi kundagi o'yinlarining tomoshabopligi, uslub va kelajak avlodga ham tasir o'tkazishi aniq. Juda "sodda" va "primitiv" futbol o'ynayversak, individual tomonlama kuchli, yuqori texnikali futbolchilarimiz kamayib ketishining ehtimoli katta, chunki bizga yorqin futbolchilar emas, jismoniy jihatdan baquvvat va kurashuvchan futbolchilar kerak bo'lib qoladi. 2014-2016 yilgi "Atletiko" Madrid jamoasi aynan shunday edi — himoyada kamroq xato qilish va qarshi hujumda kreativ futbolchining mahoratiga tayanish. "Matraschilar" o'z suyuklilarini chiroyli futbol bilan siylashmagan bo'lsa ham, yaxshi natijalar qayd etishgan. Oradan 10 yil o'tdi va hozirgi kunda hech kim Simeonening zerikarli futbolini emas, aksincha natijalarini yodga oladi.



Katanec nega bunday o'ynashi va nega natija uchun barchasini qurbon qilishga tayyorligining yana bir sababi bor. U xorijlik murabbiy. Mehnat shartnomasi yakuniga etgan kunidayoq u Toshkent-Lyublyana (real hayotda katta ehtimol bilan bunday reys yo'q) reysiga chipta xarid qiladi. Undan keyin o'zbek futbolining hozirgi ahvoli qanday ekanligi haqida ko'p qayg'urishi amrimahol. Biroq uning ham fikri ham to'g'ri, Katanec rahbariyat oldida chiroyli futbol namoyish etdik, raqib darvozasiga shuncha zarba berdik yoki to'pga ko'proq egalik qildik deya olmaydi. Bunday desa ham, futbolimiz rahbariyati bunday natijadan qoniqmaydi.

Katanec Jahon chempionati saralashining 3-bosqichida qanday yo'l tanlaganini kecha bilib oldingiz. Uni qo'llab-quvvatlash yoki tanqid qilish ixtiyoringiz. Marhamat!



Rossiya-2018 mundialining 3-saralash bosqichidagi dastlabki ikkita uchrashuvni bekorga eslamadim, bu safargi saralashni ham xuddi 2016 yildagidek dastlabki ikki turdan so'ng 100 foizlik natija qayd etish maqsadida yaxshi niyatda eslab qo'ydim.


P.S. Ha, aytgancha, bu bor-yo'g'i birinchi uchrashuv edi-ku. Balki keyingi turlarda terma jamoamiz kuchliroq va ishonchliroq futbol namoyish etishni boshlar...

Reyting: +7   

Fikrlar

+6   
06 sen 17:58:56
Supper Liga
Kotini kovlashda davom etilar ajab emas shu murabbiyni xam tagiga suv quysalaring ! Sizlarga nima yoqmaydi ? Yutsa shunchalik tepalaysanlar agar xudo korsatmasin yutkazib qo'ysa bilmadim nima qilar ekansizlar . Insof bersin xamma jurnalistlarga xam
+6   
06 sen 17:39:21
Shahboz4
Бизни журналислар сссссс ворадида ўзича таҳлил қилавериб жараёни шунчаки кузатолмайди. Ютса эверестга чиқарамиз, ютқазса ер тагига тиқворамиз
+4   
06 sen 18:34:41
negmat karabaev
агар шу бизни журналистла холис булса бир марта айтишдими шу тренерга - биз журналистлар кандай хиссамизни кушишимиз мумкин натижага еришишмизга. факат худики жиноятчини допрос килишади. э, хеч булмаса шуни ёшини хурмат килинглар.
+4   
06 sen 18:22:28
Burxon
Zaybal qvoradide jurnalistlayam
+3   
06 sen 19:18:26
Димка!
бу уйингача биронто уртоклик уйини утказилмади шуни хам унутмангизлар
+3   
06 sen 18:16:55
negmat karabaev
таржумон уялиб кети у журналистларни саволидан охирида. виждон кутармайдида. уйин ютулган яна нима хохлайсилар. нималарди бошида уйлаб уши фикрларини Катанецга тушунтурмокчи. агар сен шундай акли булсанг ол мтжни бошкар. шу КХДРга 4:2 юткизганидику. Катанец айтику - бу дафа кетсам бошка келмайман. нервисида уйнашяпти. олдинги интервьюларида кайси бир журналистимизга айтувди - силар худики галабамизда рози эмасдай.
+2   
06 sen 21:43:30
Don K'arleon
Миржалол Қосимов, Вадим Абрамов ва Самвел Бабаян МТЖни ўз шахсий томорқаларига айлантириб олишганда қани эди бурро тилли журналистлар, модомики СА ўша пайтлари хам мавжуд эди. Айниқса Холиқов деганлари Бабаянни зўр бериб тешикларини ямаб қўйишга харакат қилгани кечагидек ёдимизда...
+2   
06 sen 21:21:00
F.K.N.
Нима килса камида бизни иккинчи урин билан булса хам ЖЧ га олиб чикса булди. Иложи борича Эрон билан БАА ни узимиздан уткизиб юбормаслигимиз керак. Акс холда эрон билан Баа келишиб бизни колдириб кетиши мумкин. Буни айникса Эрондан кутса булади.
+2   
06 sen 21:18:06
Begali Saidov
Oldingi bosqichda qaysi jamoani qoldirib bu bosqichga keldi Kndr va bularni guruhidagi golib kecha qanday uynadi degan savol bersa jurnalistlar bulardi .Agar shu gal chiqa olmasak futbolchi eki trenermas jurnalistlar aqllsizligi tasirida buladi
+2   
06 sen 20:33:31
Elyor Matkarimov
Shimoli Koreyayam padarka kamandamas bizdan oldingi oʻyinlaridan xulasa chiqarish mumkun xozir fudbol oʻynashni bilmidigon kamandani oʻzi boʻmasa kerak gʻalaba qildik 1 0 mi 3 0mi buni ahamiyati yoʻq glavnisi 3 ochko oldik biz kattaroq hisobda yutishimiz mumkun edi agarki oʻyindan oldin Koreya kuchsiz biz xoxlamasakham yutishimiz aniq bu oʻyinda 99ga 1 biz favoritmiz deb oʻylamaganimizda yigitlar ancha xotirjam boʻlib qolishdi chunki bu biz bilgan avvalgi Koreya deylik xozir Eron yoki Yaponiya boʻlganida bormi nima boʻlardi yigitlar yonardi xozirgi oʻyindn oldingi xotirjamlik boʻmasti yigitlarni koʻzida olov boʻlardi oʻsha 2 kun 3 kunni ichida toʻplay oladi energiyani boshqalarni bilmadimu men terma jamoaga ishonaman 100 foizlik natija bilan chiqamiz jaxon chempionatiga xatolardan xulosa chiqarishadi muhimi bizda 1 turda 3 ochko bor davomiy boʻlsin
+2   
06 sen 19:36:50
Рахимов 87
Сал уйлаб мақола ёзиш керакда Катанец билан бир неча кун булган футболчиларда қандай қилиб техника, индивудал уйин йуқолиб кетади футболчилар асосий фаолиятини клубда давом эттиради ва уша клубига мослашиб боради. Бу журналист футболни тушунса мақола чиқарсин. Ким булса мақола ёзаверадими
+2   
06 sen 19:15:07
Ismoil Yuldoshev
Avstiroliya yutqazgan,kareyaning janubidagilar,sovutlar durrang o‘ynashgan kunda ko‘ngildagidek harakat qilmagan yigitlarni tanqit qilish kerak emas. Saralashdagi hamma tj g‘alabalar orqali jchga chiqishni ko‘zlashyapti. Kechagi natijalardan hulosa qilsak,oson bahs yirik hisob bo‘lmaydi.
+2   
06 sen 18:41:25
SHohjahonErgashev
Bu juenalistlarni yozganini o‘qiganda odamni ko‘ngli aynib qayt qivoradi. Jurnalist deb ham bo‘lmaydi bularni manqurt g‘iybatchilarni.
+2   
06 sen 18:40:57
SHohjahonErgashev
Bu juenalistlarni yozganini o‘qiganda odamni ko‘ngli aynib qayt qivoradi. Jurnalist deb ham bo‘lmaydi bularni manqurt g‘iybatchilarni.
+2   
06 sen 18:18:03
nasaf
Ҳусниддин, Остон, Элдор бир бош баланд
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика