So’nggi yangiliklar

22:07Лондон клуби Испания терма жамоаси ўйинчисини 50 млн евро эвазига харид қилишга яқин  0 21:23"Реал"нинг собиқ ҳимоячиси Лукас Васкес янги клуби билан шартнома имзолади  0 20:30Хаби Алонсо: "Карвахаль Испания терма жамоасига қайтишни хоҳлайди"  1 20:10Футзал. БМБ – "Оил Стар" 5:1   0 19:55Футзал. БМБ "Оил Стар"ни 4 та тўп фарқи билан мағлуб этиб, Ўзбекистон Суперкубогига эга чиқди!  8 19:49Суперлиганинг 20-турида ҳакамлар жуда кўп хатога йўл қўйди  4 19:46Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" - "Машъал" 3:0 (матнли трансляция)  29 19:29Про лига. "Арал" "ФарДУ"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди   5 19:22Тимур Кападзе: "Ўмон билан ўйинда легионерлар бизга ёрдам беролмайди"  12 19:01Хаби Алонсо Рюдигернинг жисмоний ҳолати ҳақида тўхталди  0 18:34Онана Ла Лигага йўл оладими?  4 18:01Расман: "Боруссия Д" "Челси" ярим ҳимоячиси трансферини расмийлаштирди  2 17:22Варди фаолиятини А Серияда давом эттирадими?  4 16:35Абдулла Бўриев: "Иккинчи даврада таркибимизга легионер қўшиб олишимиз мумкин, янги мавсумда ҳаммага кураш тақдим қиламиз"  0 16:12Денис Иванков: "Дарвозабонлар муаммоси бугун пайдо бўлиб қолмади"  1

Qoraqalpoq farzandi, Krasnickiy klubi azosi - Nematullo Quttiboev 46 yoshda! Yangiliklar

Qoraqalpoq farzandi, Krasnickiy klubi azosi - Nematullo Quttiboev 46 yoshda!

Bugungi sanada o'z tavallud ayyomini nishonlayotgan futbol ahlini saytimiz hamda uning o'quvchilari nomidan qutlashda davom etamiz.

Bugun Qoraqalpoq zamini farzandi, uch karra O'zbekiston chempioni, shuncha marotaba mamlakat kubogi sohibi, Gennadiy Krasnickiy nomidagi to'purarlar klubi azosi Nematullo Quttiboev o'zining 46 yoshini nishonlayapti. Tajribali hujumchi professional futbolchilik faoliyatini 1990 yili Nukusning "Orol" jamoasida boshlagan. 1990-1993 yillarda u nukusliklar safida 119 o'yinda maydonga tushib, 31 ta golga mualliflik qilgan. 

Qoraqalpog'iston Respublikasi bosh jamoasi tarkibidagi ishonchli va sermahsul o'yini sabab uni "Neftchi" o'z safiga qo'shib oldi. Quttiboev 1994-1995 yillarda farg'onaliklar bilan ketma-ket ikki bor O'zbekistonlik chempionligini qo'lga kiritdi. 1994 yilda oltin dublga erishdi. Yani, ilk mavsumidayoq ham chempion, ham kubok sohibiga aylandi. "Neftchi"ning o'sha paytdagi yulduzli tarkibi 1995 yilning yanvar oyida Osiyo chempionlar kubogi (hozirgi OCHL)da 3-o'rinni egallagandi. 1994/1995 yilgi mavsumning final bosqichi Tailandda tashkil etilgandi. "Neftchi" yarim finalda mezbonlarning "Tay Farmes Bank" klubiga penaltilar (asosiy vaqt - 2:2 ) seriyasida yutqazgan va bronza medali uchun kechgan bahsda Janubiy Koreyaning "Seongnam Ilva CHunma" jamoasini Ravshan Bozorovning yagona goli evaziga taslim etgandi. O'sha jamoa tarkibida bugungi qahramonimiz Nematulla Quttiboev ham bor edi. 

Nematulla Quttiboev "Neftchi" safidagi muvaffaqiyatli ikki mavsumdan so'ng "Xorazm" jamoasiga ko'chib o'tadi va ikki yil davomida urganchliklar sharafini himoya qiladi. Albatta, bu uning muxlislari uchun kutilmagan qaror edi. SHunga qaramay, Quttiboev 1998 yilda yana "Neftchi"ga qaytadi. Ikki mavsum davomida u Yuriy Sarkisyan qo'l ostida ikki bor O'zbekiston vice-chempioni bo'lgan. 2000 yilgi mavsumni Nukusning "Jayxun" klubida boshlagan Nematulla ikkinchi davrani "Semurg'" (Angren) jamoasida o'tkazgan. 

Hujumchi 2001 yili biroz kutilmaganda "Paxtakor" jamoasida paydo bo'ladi. Terma jamoa negizi sifatida shakllantirilgan "Paxtakor" safida u ikki mavsum muvaffaqiyatli tarzda o'ynadi. 2002 yilda faoliyatida uchinchi bor O'zbekiston chempioni bo'ldi. Keyinchalik u Qozog'istonning "Ordabasi", Urganchning "Xorazm" hamda Zarafshonning "Qizilqum" jamoalari sharafini himoya qildi. 2007 yilgi mavsum uning uchun futbolchilik faoliyatidagi so'nggisi bo'lib qoldi.

Nematulla Quttiboev 131 ta gol bilan Gennadiy Krasnickiy nomidagi O'zbekiston to'purarlari klubiga qabul qilingan. U O'zbekiston milliy terma jamoasi safida 15 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol kiritgan. 1998 yilning 19 noyabr kuni Hindistonga qarshi o'rtoqlik (4:0) uchrashuvida terma jamoada debyut qiladi va ilk o'yinidayoq gol muallifiga aylanadi. O'sha yili dekabr oyida Tailandda o'tgan Osiyo o'yinlarida faoliyatidagi qolgan 4 ta golini kiritgan. Mo'g'uliston bilan bahs (15:0)da xet-trikka erishgan. 

Quttiboev futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan malum vaqt o'tgach o'zini murabbiylikda sinab ko'rishga ahd qildi. 2013-2016 yillarda o'zi uchun qadrdon bo'lgan "Orol" jamoasini bosh murabbiy sifatida boshqargan. 

Fursatdan foydalanib, bugun tavallud ayyomini nishonlayotgan Nematulla Quttiboevga kelgusi faoliyatida omad tilaymiz. Bu tilaklarga saytimiz o'quvchilari hamda uning o'yinlarini bevosita stadion yoki televizorda tomosha qilgan muxlislar ham qo'shilishadi degan umiddamiz. 

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика