So’nggi yangiliklar

23:50Пакета Манчестерга йўл олиши мумкин  0 23:25Расман: "Челси" Хато трансферини эълон қилди  3 23:09Суперлига. "Сурхон" – "Қизилқум" ўйинида ҳисоб очилмади, ҳакам ВАР монитори орқали иккита эҳтимолий пенальтини кўриб чиқди  5 22:51Элдор Мойлиев "Насаф" футболчиси "Шўртан"га ўтмагани сабабини айтди  1 22:40Ҳаким Фузайлов "Хоразм"нинг ушбу мавсумдаги мақсадини айтди  0 22:27Максим Шацких: "ОЧЛга оптимал ҳолатда борамиз"  3 22:07Баҳром Ҳайдаров: "Дастлабки икки голни инобатга олмасак, тенг ўйин бўлди"  5 22:02Суперлига. "Хоразм" Ғузорда "Шўртан"дан ишончли ҳисобда устун келди  7 21:36"Бенфика" Браимни "Реал"дан ижарага олмоқчи. Музокаралар бошланди  0 20:55Суперлига. "Андижон" "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда таслим қилди  28 20:26"Сурхон" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  0 19:46МЮ Хейлундни 30 млн фунтга сотишга тайёр  2 18:40Моуринью "Реал" футболчисини нишонга олди  1 17:37Дарвозаларга 4 та гол урилган, футбол шоуга айланган, "Динамо" ғалабани бой берган учрашувдан галерея  0 17:10Икки клуби "Ман Сити" хавбекига кўз тиккан  0

"Qo'qon-1912" posboni, tarixiy g'alabaga erishgan murabbiy, burchakdan gol urgan futbolchi va sloveniyalik legioner - Superligada 5-turning eng yaxshilari Yangiliklar

"Qo'qon-1912" posboni, tarixiy g'alabaga erishgan murabbiy, burchakdan gol urgan futbolchi va sloveniyalik legioner - Superligada 5-turning eng yaxshilari

Championat.asia sayti O'zbekiston Superligasi 5-turining eng yaxshilarini aniqladi.

Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 5-turning eng yaxshi darvozaboni – Azizxon Isaqov ("Qo'qon-1912")

Superligaga qaytgan "Qo'qon-1912" 5-turni o'z maydonida "Buxoro"ga qarshi o'tkazdi va 1:0 hisobida g'alabaga erishdi. O'yin davomida qo'qonliklar posboni Azizxon Isaqov 5 marta jamoasini gollardan qutqarib qoldi. Ayniqsa oxirgi soniyalarda raqibning ketma-ket ikkita zarbasini bartaraf etib jamoasining mavsumdagi ilk g'alabasiga katta hissa qo'shdi. Shu tariqa, Isaqov 5-turning eng yaxshi posboni sifatida etirof etildi.



Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 5-turning eng yaxshi murabbiyi – Aleksandr Xomyakov ("Andijon")

"Andijon" 5-turda Toshkentda 15 karra mamlakat chempioni "Paxtakor" klubiga qarshi o'ynadi va g'alabaga erishdi - 3:2. Andijon klubi o'z tarixida hech qachon Toshkentda bu raqibni mag'lub eta olmagandi. O'z shogirdlari bilan tarixiy g'alabani qo'lga kiritgan Aleksandr Xomyakov turning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.  



Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 5-turning eng yaxshi futbolchisi – Altin Kreziu ("Andijon")

"Andijon"ning sloveniyalik yarim himoyachisi Altin Kreziu 5-turda "Paxtakor"ga qarshi bahsda ajoyib o'yin namoyish etdi. Tanyach yarim himoyasida raqiblarga deyarli imkon bermagan Altin ikkita golli uzatmani ham amalga oshirdi. Shu bois, Altin Kreziu 5-turning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.  



Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 5-turning eng chiroyli goli muallifi – Jamshid Iskanderov ("Neftchi")

Aslida bu tur chiroyli gollarga boy bo'ldi desak mubolag'a bo'lmaydi. "Qo'qon-1912" vakili Iqboljon Malikjonov, "Dinamo" legioneri Ratino tomonidan urilgan gollar ham eng chiroyli bo'lishga loyiq edi. Ammo bittasini tanlash kerakligi bois ular laureat bo'la olishmadi. "Neftchi" yarim himoyachisi Jamshid Iskanderov 5-turda "Mashal"ga qarshi bahsda chiroyli gol muallifiga aylandi. Futbolchi burchak to'pini to'g'ri darvozaga joylab qo'ydi. Zarba traektoriyasini raqib posboni tushunmay ham qoldi. Jamshid Iskanderov tomonidan urilgan gol championat.asia sayti talqiniga ko'ra turning eng chiroyli goli deb topildi.







"Bunyodkor" ustozi va legioneri, "Xorazm" posboni — Superligada 1-turning eng yaxshilari        

Mag'lub bo'lgan darvozabon, legioner hujumchi, tajribali himoyachi va OKMK ustozi — Superligada 2-turning eng yaxshilari        

"Mashal"dan ikki futbolchi, "Bunyodkor" hujumchisi va 62 yoshli murabbiy — Superligada 3-turning eng yaxshilari        

O'zbekiston MTJ sobiq darvozaboni, "Neftchi" hujumchisi va 53 yoshli murabbiy — Superligada 4-turning eng yaxshilari        

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика