Ikki klubi "Man Siti" xavbekiga ko'z tikkan
03 avg 17:10
Yangiliklar


Ikki klubi "Man Siti" xavbekiga ko'z tikkan
19 yoshli hujumkor yarim himoyachi Klaudio Echeverri "Manchester Siti"ni tark etishi mumkin.
Insayder Nikolo Skiraning yozishicha, argentinalik futbolchini "Roma" va "Jirona" o'z safiga qo'shib olishga harakat qilmoqda. Manbaga ko'ra, yosh iqtidor egasi Italiya klubiga o'tmoqchi, ammo "Manchester Siti" futbolchini ispan jamoasiga ijaraga berishni maqul ko'radi.
Muzokaralar davom etmoqda. "Manchester Siti" Echeverrini 2024 yilning boshida "River Pleyt"dan sotib olgan, ammo yarim himoyachi "shaharliklar" safiga faqatgina joriy yilning yanvarida kelib qo'shilgandi.
Xavbek ingliz klubi safida uchta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar