“Qo'qon-1912” jamoasi yangi mavsumning birinchi yarmini Farg'onadagi “Istiqlol” stadionida o'tkazadi
25 fev 2024 15:34
Yangiliklar
“Qo'qon-1912” jamoasi yangi mavsumning birinchi yarmini Farg'onadagi “Istiqlol” stadionida o'tkazadi
Xabaringiz bor, avvalroq "Qo'qon-1912" jamoasi uy o'yinlarini vaqtincha Yaypandagi “O'zbekiston” stadionida o'tkazib turishi haqida xabar bergan edik.
Biroq Yaypandagi stadion yangi mavsumga tayyor bo'lmaganligi sababli jamoamiz vaqtinchalik uy uchrashuvlarini Farg'onadagi muhtasham “Istiqlol” arenasida o'tkazadigan bo'ldi. Bu borada jamoamiz rahbariyati “Istiqlol” stadioni rahbariyati bilan shartnoma imzoladi.
Xabaringiz bor Qo'qondagi “Markaziy” stadion maydoni to'liq rekonstrukciya qilinib, maydonga yangi chim ekish ishlari olib borilmoqda.
Jamoamiz rahbariyati Qo'qonlik muxlislarning Farg'onaga borib kelishlari uchun alohida avtobuslar qo'yishni reja qilishgan.
Eslatib o'tamiz, jamoamizning Pro ligadagi ilk uy uchrashuvi 19-mart kuni "Buxoro"ga qarshi bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar