"Qo'qon-1912" ikki futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi
30 dek 2023 18:00
Yangiliklar
"Qo'qon-1912" ikki futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi
O'tgan mavsumdagi o'yinlari bilan muxlislarning hurmatiga sazovor bo'lgan yarim himoyachi Farhod Mirahmatov "Qo'qon-1912" bilan kelishuvini yana 1 yilga uzaytirdi. SHuningdek, jamoa himoyachi Aleksandr Merzlyakov bilan yangi 1 yillik shartnoma tuzdi.


"Birinchi navbatda, barchaga kirib kelayotgan yangi 2024 yil muborak bo'lsin. Kelayotgan yil barcha uchun omadli o'tishini tilab qolaman. "Qo'qon-1912" jamoasi bilan yangi shartnoma imzolaganimdan juda ham xursandman. Jamoa bilan 8 yildan beri birgaman va Qo'qon men uchun ikkinchi uyimga aylanib qolgan deb aytsam xato bo'lmaydi. Kelasi yil "Qo'qon-1912" jamoasi har tomonlama kuchayishiga harakat qilamiz va Pro ligada birinchi o'rinni qo'lga kiritib, Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritamiz", – dedi Merzlyakov.
Malumot o'rnida, Mirahmatov o'tgan mavsum qo'qonliklar libosida 14 ta o'yinda qatnashgan bo'lsa, Merzlyakov 21 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 1 ta golli pasga mualliflik qildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради
Fikrlar