Qiziq! Denis Suares bu natijaga erishgan tarixidagi birinchi o'yinchiga aylanishi mumkin
06 may 2019 11:49
Yangiliklar
Qiziq! Denis Suares bu natijaga erishgan tarixidagi birinchi o'yinchiga aylanishi mumkin
Joriy haftaning seshanba, chorshanba va payshanba kunlari ushbu turnirlarning yarim final javob o'yinlari o'tkaziladi.
Bu mavsum CHempionlar ligasi va Evropa ligasiga oid qiziqarli voqea sodir bo'lishi mumkin. Agar "Arsenal" va "Barselona" evrokuboklarda g'olib bo'lsa, ijara asosida "to'pchilar" sharafini himoya qilayotgan ko'k-anorranglilar yarim himoyachisi Denis Suares bir mavsumning o'zida Evropa ligasi va CHempionlar ligasi g'olibiga aylangan birinchi futbolchiga aylanishi mumkin. Suares qishgacha Kataloniya klubi safida CHempionlar ligasining 2ta o'yinida ishtirok etdi, mavsumning ikkinchi qismida esa "Arsenal" tarkibida 2ta uchrashuvda maydonga tushdi.
Eslatib o'tamiz, "Barselona" "Liverpul"ga qarshi CHempionlar ligasi yarim final ilk o'yinida 3:0 hisobida g'alaba qozondi, "Arsenal" esa "Valensiya"ni 3:1 hisobida mag'lubiyatga uchratgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar