So’nggi yangiliklar

02:42А Серия. "Комо" "Рома"ни мағлуб этди, "Милан" эса муҳим ўйинда мағлубиятга учради  0 01:52Иброҳимҳалил Йўлдошев: "Кучли жамоа ютди. Янги мураббий келди ва тактикамиз ўзгарди"  3 01:44Стипе Перица: "Мавсумни соврин ва учта ғалаба билан бошлаш ёқимли"  1 01:30Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" – "Пахтакор" 1:0  0 01:16Ислом Исмоилов: "Мен ҳақимдаги ноўрин фикрларга меҳнатим ва натижа билан жавоб бераман"  18 01:09"Нефтчи" Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби! Тақдирлаш маросимидан эксклюзив ГАЛЕРЕЯ  2 01:04Фарруҳ Сайфиев: "Фарғона халқи учун биринчи Суперкубок"  1 00:43Ўзбекистон Суперлигаси: 4-тур учрашувларини бошқарадиган ҳакамлар маълум бўлди  1 00:10Ла Лига. "Барселона" — "Севилья" 5:2  5 23:55АПЛ. "Ливерпуль" "Тоттенхэм"га қарши ўйиннинг 90-дақиқасида тўп ўтказиб юбориб, ғалабани қўлдан чиқарди  24 23:03Мбаппе "Реал"нинг Чемпионлар Лигаси 1/8 финалидан ўрин олган "Манчестер Сити"га қарши жавоб ўйинида асосий таркибда майдонга тушмайди  12 22:51Камолиддин Тожиев: "Бугун бизнинг кунимиз эмас экан"  18 22:10Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди  80 21:57Фоденнинг "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақида маълумот берилди  2 21:15Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.  231

"Qirollar" o'rtasidagi 36-to'qnashuv Yangiliklar

"Qirollar" o'rtasidagi 36-to'qnashuv

Bugun, CHempionlar Ligasi 6-turidan o'rin olgan markaziy bahs “Kamp Nou”da “Barselona” va “Yuventus” o'rtasida bo'lib o'tadi.

Ko'pchilik o'z etiborini Lionel Messi hamda Krishtianu Ronaldu qarama-qarshiligiga qaratishi aniq. Nihoyat, 2 yillik tanaffusdan so'ng, “ikki daho” yana bir-biriga qarshi to'qnash keladi. Ularning rekordlari haqida ortiqcha to'xtalish ham shart emas nazarimda. Keling, bugungi uchrashuv oldidan Messi – Ronaldu o'rtasidagi o'tgan duellarni eslab o'tamiz.

2008 yil. Ilk to'qnashuv

Demak, ular o'rtasidagi birinchi o'yin CHempionlar Ligasi 2007/08 yilgi mavsum “Barselona” – “Manchester Yunayted” (1:0) o'rtasidagi 1/2 final ilk bahsiga to'g'ri keladi. O'sha uchrashuvda hisob ochilmagan, ammo “Old Trafford”dagi bahsda “qizil iblislar” Pol Skoulzning yagona goli evaziga zafar quchib, finalga yo'l olgan va keyinchalik musobaqa g'olibiga aylangandi.

2009 yil. Messining ilk goli

ECHLning 2008/09 yilgi mavsumida “Barsa” o'tgan yildagi mag'lubiyat uchun o'ziga xos revansh oldi. Musobaqa hal qiluvchi bahsida kataloniyaliklar MYU ustidan 2:0 hisobida g'alaba qozonib, titul sohibiga aylangandi. Messi esa Ronalduga qarshi duellardagi ilk golini urishga erishgan. Kichik bo'yli Leoning to'pga baland sakrab, boshi bilan uni Van der Sar darvozasiga joylab qo'ygani hali hamon ko'pchilikning yodida bo'lsa kerak.

2011 yil. Ronalduning ilk goli

Krishtianu Messi jamoalariga qarshi o'yinlardagi dastlabki golini Argentina – Portugaliya (2:1) o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvida kiritgan. Ronaldu o'yinning 21-daqiqasida hisobni tenglashtirgan bo'lsa, Messi hakam tomonidan qo'shib berilgan vaqtda raqib darvozasiga belgilangan penaltini aniq amalga oshirib, jamoasiga g'alaba olib kelgandi.

2012-yil. Eng esda qolarli o'yinlardan biri

Ispaniya chempionati 2012/13 yilgi mavsum 7-turida “Barselona” va “Real” o'rtasidagi uchrashuvda jangovar durang bilan yakunlangan. O'yinda hisobni 23-daqiqada Krishtianu Ronaldu jamoadoshi Karim Benzemaning aniq uzatmasidan so'ng ochadi. 1-taymning ikkinchi qismida Lionel Messi raqib jarima maydonidagi pala-partishlikdan foydalanib, Iker Kasilyas qo'riqlayotgan darvozani ishg'ol etgan holda muvozanatni tenglashtiradi. 60-daqiqada Messi jarima to'pini chiroyli tarzda amalga oshirib, jamoasini oldinga olib chiqadi. Mazkur goldan biroz o'tib esa bu safar Ronaldu katta sahnaga chiqib, o'yinga yakuniy nuqtani qo'ygandi – 2:2!

2018 yil, oxirgi to'qnashuv 

Ikki yulduz o'rtasidagi hozircha so'nggi uchrashuv La Liga 2017/18 yilgi mavsumida ro'y bergan va unda 2:2 natijasi qayd etilgandi. Ushbu uchrashuvda ham ular o'z hisobiga bittadan gol yozdirib qo'ygan. Ronaldu mavsum yakunida "Real" bilan ECHL g'olibligini qatorasiga uchinchi marotaba qo'lga kiritganidan keyin faoliyatini "Yuventus"da davom ettirishga qaror qilgandi.

Messi va Ronaldu bitta o'yinda gol urgan uchrashuvlar - 9 ta:

O'rtoqlik o'yini-2011. Argentina – Portugaliya 2:1 (bittadan gol urishgan)

La Liga 2010/2011. “Real” – “Barselona” 1:1 (bittadan)

Ispaniya Superkubogi-2011. “Barselona” – “Real” 3:2 (Ronaldu bitta, Messi dubl)

Ispaniya Superkubogi-2012. 1-o'yin. “Barselona” – “Real” 3:2 (bittadan)

Ispaniya Superkubogi-2012. Javob o'yini. “Real” – “Barselona” 2:1 (bittadan)

La Liga 2012/13. “Barselona” – “Real” 2:2 (ikkalasi dubl)

La Liga 2013/14. “Real” – “Barselona” 3:4 (Ronaldu bitta, Messi xet-trik)

Ispaniya Superkubogi-2017. “Barselona” – “Real” 1:3 (bittadan)

La Liga 2017/18. “Barselona” – “Real” 2:2 (bittadan)

+FAKTLAR

-o'zaro o'yinlarda ustunlik Messi tomonida – 35 o'yin, 16 g'alaba, 9 durang, 10 mag'lubiyat;

-gollar bo'yicha ham etakchilik argentinalik tomonida – 22 ta gol, Ronalduda esa 19 ta;

-assistlar borasida ham Leo peshqadam – 12 ta pas, Ronalduda esa bitta;

-Ronaldu CHempionlar Ligasi doirasida Messi jamoalariga qarshi 5 bor to'qnash kelgan va biror marta ham gol urolmagan. Messi hisobida esa uchta to'p mavjud;

-Krishtianu “Kamp Nou”ga MYU va “Real”da o'ynagan davrlarida tashrif buyurib, umumiy 12 ta uchrashuv o'tkazgan va 11 ta gol urgan;

-Messi ECHLda “Yuventus”ga qarshi 5 bor to'qnash kelib, 3 ta to'p kiritgan.

*o'zaro o'yinlardagi statistika

MusobaqalarO'yinlarMessining g'alabasiRonalduning g'alabasiDuranglarMessining gollariRonalduning gollari
Ispaniya chempionati181044129
CHempionlar Ligasi521230
Ispaniya Kubogi512205
Ispaniya Superkubogi522164
O'rtoqlik o'yinlari211011
Jami35161092219


Joriy mavsumdagi statistika

Messi - 13 o'yin, 7 gol, 4 pas

Ronaldu - 9 o'yin, 10 gol, 1 pas


Barcelona

Champions League Grp. G . 6-tur

09/12/2020, 01:00

3
:
0
Tugadi

Juventus

Cristiano Ronaldo - 13', Weston McKennie - 20', Cristiano Ronaldo - 52'

Stadion: Camp Nou, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Tobias Stieler

45'
90'
27'  Jordi Alba
31'  Clement Lenglet
46'  Trincao (Martin Braithwaite)
55'  Clement Lenglet (Samuel Umtiti)
55'  Jordi Alba (Junior Firpo)
60'  Samuel Umtiti
65'  Pedri (Ricard Puig)
78'  Junior Firpo
82'  Ronald Araujo (Oscar Mingueza)
13'  Cristiano Ronaldo
20'  Weston McKennie
20'  Juan Cuadrado
29'  Aaron Ramsey
52'  Cristiano Ronaldo
53'  Alvaro Morata
69'  Danilo
71'  Arthur (Rodrigo Bentancur)
71'  Aaron Ramsey (Adrien Rabiot)
75'  Leonardo Bonucci
85'  Juan Cuadrado (Federico Bernardeschi)
85'  Alvaro Morata (Paulo Dybala)
90'  Cristiano Ronaldo (Federico Chiesa)


P.S. Ilk davradagi o'yinda "ko'kanorranglilar" Usmon Dembele va Messining aniq zarbalari evaziga 2:0 natijasida zafar quchgan. Krishtianu esa koronavirusga chalingani sabab Turindagi bellashuvni o'tkazib yuborgandi. 


Eldor Akmurzaev tayyorladi

Muallif : Eldor Akmurzayev
Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика